Bosim birlik yuzaga ta’sir etuvchi kuch bilan o’lchanadi.
(3)
Bosim Paskallarda o’lchanadi. Shuningdek uning sistemaga kirmaydigan o’lchov birligi mm simob ustuni ham ishlatiladi.
1 mm simob ustuni = 133 Pa
Fizikada T=273K (t=00C) va P=101325 Pa (760 mm sim. us.) bo’lsa normal sharoit deyiladi. Agar T=const bo’lsa izotermik, P=const bo’lsa izobarik, v=const bo’lsa izoxorik jarayon deyiladi.
Molekulalari o’rtasida o’zaro ta’sir bo’lmaydigan hamda ularning xususiy hajmlari e’tiborga olinmaydigan gazga ideal gaz deyiladi.
Endi ideal gaz qonunlarini qarab chiqamiz.
Boyl – Mariott qonuni.
Izotermik gaz jarayonlarining ingliz olimi Boyl va fransuz olimi Mariott bir – biridan mustaqil ravishda o’rganib, quyidagi qonunni yaratdi.
Berilgan massali gaz uchun o’zgarmas temperaturada gazning bosimi uning hajmiga teskari proporsional.
11 - rasm
(1)
yoki
(2)
bundan PV=Const, agar T=Const bo’lsa.
Gey – Lyussak qonuni.
Berilgan massali gaz uchun o’zgarmas bosimda gazning hajmi temperatura o’zgarishi bilan chiziqli o’zgaradi:
(3)
bu yerda α-gazning hajm kengayishi koeffisienti. Aksariyat hollarda bo’lgani (3) dan quyidagini hosil qilishi mumkin.
(4)
Demak bosim o’zgarmas bo’lganda, ideal gazning hajmi temperaturaga to’g’ri proporsional (a-rasm).
12 – rasm
Sharl qonuni.
Berilgan massali gaz uchun o’zgarmas hajmda gazning bosimi temperaturaga chiziqli bog’liq.
(5)
bu yerda γ – gaz bosimining termik koeffisienti. Aksariyat gazlar uchun bo’lgani uchun (5) dan quyidagini hosil qilish mumkin:
(6)
Demak, hajm o’zgarmas bo’lganda, ideal gazning bosimi temperaturaga to’g’ri proporsional.
Do'stlaringiz bilan baham: |