Mexanika va molekulyar fizika
– rasm Bu hodisani Nyuton
Download 1.05 Mb.
|
umumiy fizika usl.qullanm.1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Van – der – Vaals
17 – rasm
Bu hodisani Nyuton o’rganib, quyidagi qonunni yaratdi. Gazning bir – biriga nisbati sirpanuvchi ikki qatlamning urinish tekisligida birlik yuzaga to’g’ri keladigan ichki ishqalanish kuchi bu qatlamlarning irinuvchi yuzasi ∆S ga va tezlik gradienti ga proporsional bo’ladi: (3) bu yerda - ichki ishqalanish (yopishqoqlik) koeffisienti bo’lib, u son jihatdan gazning tezlik gradienti 1c-1 bo’lgan parallel harakatlanuvchi qatlamlarining 1m2 urinish yuzasiga ta’sir qiluvchi ichki ishqalanish kuchiga teng. Yopishqoqlik koeffisienti birligida, ba’zan esa Puazlarda o’lchanadi. Ichki ishqalanishda harakat miqdori ko’chiriladi. 9. Real gazlar. Van – der – Vaals tenglamasi. Ma’lumki, ideal gazning holat tenglamasi gaz molekulalarining xususiy hajmini hamda ular orasidagi o’zaro ta’sir kuchlarini e’tiborga olmaydi. Lekin past temperatura va yuqori bosmlarda Mendeleyev – Klapeyron tenglamasidan foydalanib bo’lmaydi. 1873 yilda golland fizigi Van – der – Vaals Mendeleyev – Klapeyron tenglamasiga tuzatmalar kiritib, real gazning holat tenglamasini chiqardi. Miqdori 1 mol bo’lgan ideal gaz uchun Mendeleyev – Klapeyron tenglamasi (1) bu yerda - gazning hajmi yoki molekulalar erkin harakat qilishi mumkin bo’lgan idishning hajmi. Real gazda bu hajmning b qismini molekulalarning o’zlari egallaydi. Shuning uchun real gaz molekulalari harakatlanishi uchun amaldagi bo’sh hajm dan kichik bo’lib, u - b ga teng bo’lib qoladi. Buni e’tiborga olsak (2) Lekin b ning o’zi molekulalarning xususiy hajmlari yig’indisidan katta. Chunki, har qanday zich joylashtirilganda ham molekulalar orasida bo’sh hajm qoladi. Bundan tashqari molekulalarni juda zich joylashtirib bo’lmaydi. Chunki, ular bir – biriga juda yaqinlashtirilganda o’zaro itarish kuchi paydo bo’ladi. Real gaz molekulalari orasida o’zaro ta’sir kuchi mavjud bo’lgani uchun tashqi p bosimga yana qo’shimcha ravishda p1 bosim paydo bo’ladi. Shuning uchun quyidagini yozamiz (3) hisoblashlar ko’rsatadiki (4) (3) va (4) dan (5) bu miqdori 1 mol bo’lgan real gazning holatini ifodalaydi va unga Van – der – Vaals tenglamasi deyiladi. Ixtiyoriy m massali gaz uchun bu tenglama quyidagicha yoziladi (6) bu ifodalardagi a va b sonlari har bir gaz uchun alohida qiymatlarga ega bo’lib, ularga Van – der – Vaals doimiylari deyiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling