Mexanika va molekulyar fizika
Download 1.05 Mb.
|
umumiy fizika usl.qullanm.1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq jismlar va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi.
18 – rasm
Ko’rsatilgan rasmda temperaturaning turli qiymatlari uchun bosimning hajmga bog’lanish grafiklari keltirilgan. Bu bog’lanishlarga Van – der – Vaals izotermalari deyiladi. Bu izotermalari eksperimentda Endryus tekshirdi. U grafikdagi AB to’g’ri chiziqli qismlar gazning suyuqlanish holatiga mos kelishini aniqladi. Shuningdek u har bir gaz uchun ma’lum Tk kritik temperatura mavjud bo’lib, gazni undan yuqori temperaturalarda hech qanday bosimda ham suyuqlikka aylantirib bo’lmasligini aniqladi. Qattiq jismlar va suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi. Qattiq jismlarning temperaturasi ko’tarilganda uning zarrachalarining issiqlik harakati amplitudasi oshadi. Buning natijasida jism kengayadi. Jismning uzayishi uning dastlabki uzunligiga va temperaturaga proporsional (1) bu yerda l0 – jismning dastlabki t0 temperaturadagi uzunligi (2) l – jismning t temperaturaga isitilgandagi uzunligi α – jism yasalgan moddaning chiziqli kengayishi koeffisienti. (1) dan quyidagini yozish mumkin: (3) Bundan chiziqli kengayish koeffisienti α ni topamiz: (4) Demak, chiziqli kengayish koeffisienti son jihatdan jismning 1 gradusga isitilgandagi nisbiy uzayishiga teng. Chiziqli kengayish koeffisienti grad-1 birligida o’lchanadi. Jismlarning isitilganda chiziqli kengayish hodisasidan lineykalar tayyorlashda, isitish sistemasida, strelkali termometrlar yasashda va boshqa bir qator holatlarda keng foydalaniladi. (3) ning har ikki tomonini kubga ko’tarib, quyidagi ifodani hosil qilish mumkin. (5) bu yerda V0 – jismning dastlabki hajmi, V – uni t temperaturaga isitilgandagi hajmi. – hajm kengayish koeffisienti bo’lib, u son jihatdan jism 1 gradusga isitilganda uning hajmining nisbiy oshishini bildiradi. U ham grad-1 birligida o’lchanadi. Hajm kengayish hodisasi asosan suyuqliklar uchun qo’llaniladi. Masalan, undan suyuqlikli termometrlar yasashda foydalaniladi. Quyidagi jadvalda ayrim moddalarning chiziqli va hajm kengayish koeffisientlari keltirilgan:
Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling