Mexanika va molekulyar fizika
Download 1.05 Mb.
|
umumiy fizika usl.qullanm.1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Absolyut namlik
- 18. Termodinamika asoslari.
Barometrik formula. Ma’lumki, dengiz sathida atmosfera bosimi 101325 Pa yoki 760 mm simob ustuniga teng. Balandlik Yer sathidan ortgani sari atmosfera bosimi kamaya boradi. Bu kamayish eksponensial qonunga bo’ysunadi. (1) Bu yerda P0 – dengiz sathidagi bosim, P-dengiz sathidan h balandlikdagi bosim, m – molekulaning massasi, K – Boltsman doimiysi. va ekanligini e’tiborga olib, (1) ni quyidagicha yozish mumkin: (2) bu yerda R – universal gaz doimiysi, μ – havoning molyar massasi. 24 – rasm Yer sathidan 5 – 6 km balandlikda atmosfera bosimi ikki marta kamayadi. Yerdan 10 km balandlikda esa atmosfera bosimi 200 mm simob ustuniga teng bo’ladi. Samolyotlarning uchish balandligi barometrning maxsus turi – altimetr yordamida o’lchanadi. Ularning shkalasi uchish balandligini ko’rsatadi. Havoning namligi. Havoning namligi quyidagi asosiy xarakteristikalar yordamida baholanadi. 1) Absolyut namlik – 1m3 havodagi suv bug’ining grammlarda ifodalangan miqdoridir. (a) 2) Maksimal namlik – 1m3 havoda berilgan temperaturada to’yinish sodir bo’lishi uchun lozim bo’lgan suv bug’larining miqdoriga aytiladi. (E) 3) Nisbiy namlik – deb absolyut namlikning maksimal namlikka bo’lgan nisbatiga aytiladi. 4) Shudring nuqtasi – deb havoda mavjud bo’lgan bug’lar to’yingan holatga keladigan temperaturaga (τ) aytiladi. Kondensatsiya tufayli shudring, tumanlik va bulutlar hosil bo’ladi. Inson organizmi qizib ketganida u terlab, organizmni o’ta qizib ketishidan saqlaydi. O’simliklar suvni barglari orqali bug’laydi. Qurg’oqchil joylarda o’simliklarning bargi kichik, ignasimon bo’ladi. Havoning namligini o’lchash katta ahamiyatga ega. Uni psixrometrlar va gigrometrlar yordamida o’lchash mumkin. Psixrometrning asosini 2 ta termometr tashkil etadi. Ulardan biri quruq holda saqlanadi, ikkinchisi esa ho’llanadi. Ho’llangan termometrga o’ralgan latta ventillyator yordamida bug’lantiriladi. Quruq va ho’l termometrlar ko’rsatgichning farqiga qarab, psixrometrik jadval yordamida namlik aniqlanadi. 18. Termodinamika asoslari. Issiqlik energiyasining boshqa turga o’tishi yoki bunga teskari jarayonlar sodir bo’layotgan makroskopik jism yoki jismlar to’plamiga termodinamik sistema deyiladi. Sistemadagi makroskopik o’zgarishlar to’xtasa, bunday holatga termodinamik muvozanat deyiladi. Bunda sistema holati uchta parametr – ya’ni temperatura T, bosim P va hajm V bilan aniqlanadi. Umumiy holda (1) bu bog’lanishga sistemaning holat tenglamasi deyiladi. Sistemaning biror holatidan ikkinchi holatga o’tishiga termodinamik jarayon deyiladi. Termodinamikaning asosini 2 ta qonun tashkil qiladi: Birinchi qonun energiyaning aylanish jarayonining miqdor va sifatini.Ikkinchi qonun esa bu jarayonlarning yo’nalishini aniqlaydi. Agar sistema bir holatdan ikkinchi holatga o’tkazilsa hamda teskari jarayon hech qanday o’zgarishsiz va asoratsiz sodir bo’lsa, bunga qaytar jarayon deyiladi. Termodinamikaning birinchi qonuni: Sistemaga berilgan barcha issiqlik miqdori sistemaning ichki energiyasini oshirishga va sistema tomonidan ish bajarishga sarflanadi. (2) Agar tashqi kuchlar sistema (gaz) ustidan ish bajarsa (3) Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling