Mexanikada saqlanish qonunlari statika va gidrodinamika mexanik tebranishlar va to


Download 1.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/119
Sana24.07.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1662252
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119
Bog'liq
fizika-10

bitta yarim davrli to‘g‘rilagich deyiladi.
To‘g‘rilagich kirishi va sxemadagi kuchlanish shakllari 9.14 b-rasmda 
keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, sxemada kuchlanishning faqat 
yarmidan foydalaniladi. Bundan tashqari, uning kattaligi ham kuchli 
o‘zgaradi. Shu sababli ikki yarim davrli to‘g‘rilagich ishlatiladi.
1. Yarimo‘tkazgichli diod nima sababdan tokni faqat bir lomonga 
o‘tkazadi?
2. p–n o‘tish nima?
3. Yarimo‘tkazgich qarshiligi p–n o‘tishga qanday bog‘liq?
4. Tranzistorda to‘g‘ri va teskari p–n o‘tishlar uning qaysi sohalarida bo‘ladi?
5. p–n–p va n p–n turdagi tranzistorlar nimasi bilan farqlanadi?


166
45-
mavzu. LABORATORIYA ISHI: YARIM OTKAZGICHLI 
DIODNING VOLT – AMPER XARAKTERISTIKASINI 
O‘RGANISH
Ishning maqsadi. Yarim otkazgichli dioddan o‘tuvchi tok kuchining 
qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liqligini o‘rganish.
Kerakli asboblar: 1) yarimo‘tkazgichli diod (kolodkada); 2) o‘zgarmas 
tok manbayi (36–42 V); 3) uzib-ulagich; 4) o‘tkazgich simlari; 5) milliam-
permetr; 6) reostat; 7) voltmetr.
9.15-rasm.
V
mA
Ishning bajarilishi: 
1. Kerakli asboblar to‘planib, 9.15-rasmdagi 
chizma bo‘yicha elektr zanjiri yig‘iladi.
2. Reostat jildirgichini surib chiqishda 0 V 
bo‘ladigan holatga qo‘yiladi.
3. Uzib-ulagich ulanadi.
4. Reostat jildirgichini surib, tashqi zanjirga 
beriladigan kuchlanish orttirib boriladi. Voltmetr va ampermetr ko‘rsatishlari 
yozib boriladi.
5. O‘lchash natijalari jadvalga kiritiladi.
U, V
 
I, A
6. Tok manbayining qutblari almashinib ulanadi va tajriba takrorlanadi.
7. Natijalariga ko‘ra yarim otkazgichli dioddan o‘tuvchi tok kuchining 
qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liqlik grafi gi chiziladi.
35
30
25
20
15
10
5
0
–20 –10
0.1 0.3 0.5 0.7
U to‘g‘ri, V
I to‘g‘ri, mA
I teskari
U teskari, V
9.16-rasm.


167
8. Yarim o‘tkazgichli dioddan to‘g‘ri p – n o‘tish va teskari p – n o‘tish 
yo‘nalishda o‘tadigan tok kuchining qo‘yilgan kuchlanishga bog‘liqligi 
9.16-rasmdagi grafi kda keltirilgan.
Diodga teskari yo‘nalishdagi kuchlanish qo‘yilganda diodning pasportida 
yozilgan qiymatidan katta kuchlanishni qo‘yish mumkin emas.
1. Diod to‘g‘ri ulangan holda tok kuchining qo‘yilgan kuchlanishga 
bog‘liqligi to‘g‘ri chiziqdan iborat emasligiga e’tibor bering va 
sababini tushuntirishga harakat qiling.
2. Nima sababdan teskari yo‘nalishda kuchlanish qo‘yilsa, undan tok o‘tadi?
3. Olingan ma’lumotlardan foydalanib diodning to‘g‘ri va teskari o‘tish 
yo‘nalishlari uchun elektr qarshiliklarini hisoblang.
9-mashq
1. Mis sterjendan 0,5 s davomida zichligi 9 A/mm
2
bo‘lgan tok o‘tganda 
uning temperaturasi qanday o‘zgaradi? Misning solishtirma qarshiligi 
1,7 · 10
–8
Ω · m, zichligi 8900 kg/m
3
, solishtirma issiqlik sig‘imi 380 J/(kg K) 
(Javobi: 0,20
o
C).
2. Niobiydan yasalgan spiral 100 
o
C ga qizdirilsa uning solishtirma 
qarshiligi necha marta o‘zgaradi? Niobiy uchun α = 0,003 K
–1
(Javobi
1,3 marta ortadi).
3. Nikelin simning 20
o
C dagi qarshiligi 20 Ω ga teng edi. Uni 120
o

gacha qizdirilsa, qarshiligi nimaga teng bo‘ladi? Nikelin uchun α = 0,0001 K
–1
.
4. Vakuumli diodda elektron anodga 8 Mm/s tezlik bilan yetib boradi. 
Anod kuchlanishini toping (Javobi: 180 V).
5. Vakuumli diodda anoddagi maksimal tok kuchi 50 mA ga teng 
bo‘ldi. Katoddan har sekundda nechta elektron uchib chiqmoqda? (Javobi
3,1 · 10
17
).
6. Yarimo‘tkazgichlarda musbat ion bilan kovak orasida farq bormi?
7. Nima sababdan tashqi sharoitlar o‘zgarmagani holda elektron-
kovak jufti to‘xtovsiz hosil bo‘lib tursada, yarimo‘tkazgichda erkin zaryad 
tashuvchilar soni o‘zgarmaydi.
8. Germaniyga fosfor, rux, kaliy kiritilsa, qanday turdagi o‘tkazuvchanlik 
hosil bo‘ladi?
9. Nima sababdan bir xil kuchlanishda to‘g‘ri p–n o‘tishdagi tok, teskari 
o‘tishdagi tokka nisbatan ancha katta bo‘ladi?


168
10. Termistor (qarshiligi temperaturaga qarab o‘zgaradigan yarim o‘kaz-
gichli asbob) uchiga ketma-ket holda 1 kΩ li qarshilik ulanib, unga 20 V 
kuchlanish berildi. Xona temperaturasida zanjirdagi tok kuchi 5 
mA edi. 
Termistorni issiq suvga tushirilganda undan o‘tuvchi tok kuchi 10 mA bo‘lib 
qoldi. Termistor qarshiligi necha marta kamaygan? (Javobi: 3 marta).

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling