Mexanikada saqlanish qonunlari


-§. Kosmik tezliklar va kosmik uchishlar muammosi


Download 238.74 Kb.
bet9/12
Sana21.02.2023
Hajmi238.74 Kb.
#1218157
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mexanikada saqlanish qonunlari

5-§. Kosmik tezliklar va kosmik uchishlar muammosi.

Sovet Ittifoqidan 4 oktyabr 1957 yilda insoniyat tarixida birinchi marta uchirilgan erning birinchi sun'iy yo'ldoshi va 12 aprel 1961 yilda "Vostok" yo'ldosh-kemada jahonda birinchi kosmonavt Yu.A.Gagarinni kosmosga uchishi, inson tomonidan kosmosni o'zlashtirishni boshlab bergan sovet fan va texnikasining ulkan yutug’i bo'ladi. Keyingi yillarda avtomatik va boshqariluvchi kosmik uchuvchi apparatlar vositasida kosmosni o'rganish va o'zlashtirish fakulotta tez sur'atlarda rivojlandi. Bu borada 1969 yil, iyulda Amerikaning boshqariluvchi "Apollon-11" kemasi yordamida marta ikki kosmonavt - N.Armetrong va E.Oldirinlarni oyning sirtiga tushirilishi, 1970 yilda esa "Luna-16" sovet avtomatik stantsiyasining Oyga yumshoq qo'nishni amalga oshirganini, oy jinsdan namunalar olib, uni erga olib kelganini aytishning o'zi kifoya. Hozirgi vaqtda matbuotdagi sayyoralararo turli avtomatik stantsiyalar ("Luna", "Venera", "Mars" va boshqalar) yordamida Quyosh sistemasi sayyoralarini taqiq qilayotgani haqidagi xabarlar odatdagi hol bo'lib qoldi. Yerning sun'iy yo'ldoshlaridan (YeSY), odam yashaydigan statsionar va avtomatik orbital stantsiyalardan uzoq radio va televizion aloqalarda, meteriologik tadqiqotlarda, Yerning tabiiy boyliklarini o'rganishda, vaznsizlik va o'ta yuqori vakuum sharoitida o'tuvchi turli fizik-kimyoviy jarayonlar xususiyatlarini o'rganishda, hamda medik-biologik va boshqa tadqiqotlar o'tkazishda muvoffaqiyat bilan foydanilmoqda. Maxsus jihozlangan YeSI laridan halokatga uchragan kemalarni topish va ular haqida xabar berish uchun foydanilmoqda.


2. Kosmik tadqiqotlarni amalga oshirish va kosmosga avtomatik va boshqariluvchi kosmik apparatlarning uchishini o'tkazish juda keng murakkab ilmiy va texnik masalalar kompleksini echish bilan bog’liq. Bu masalalar na faqat mexanika doirasidan, balki butun fizika doirasidan ham chetga chiqadi. Shuning uun biz bundan keyin faqat kosmik uchishlar muammolari bilan bog’liq bo'lgan sodda masalalarni ko'rish bilan chegaralanamiz.

Download 238.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling