Mexanikaning asosiy masalalarini yechishning fizikaviy va uslubiy g‘oyalari
Download 460.5 Kb.
|
Mexanika bo`limining o`qitish usullari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kinetik energiya tushunchasi.
Mexanikada saqlanish qonunlari. O‘quvchilar ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni fikrlashini o‘stirish uchun biz o‘quvchilar diqqatini tabiatdagi o‘zgaruvchan jarayonlarga jalb qilamiz. Biroq tabiatdagi hodisalarda o‘zgarishlarni saqlanishlardan ajratib bo‘lmaydi. Atom fizikasida masalan, elementar zarrachalar-ning o‘zgarishi kashf qilinadi. Shu bilan birga ma’lumki, o‘zaro aylanuvchi jarayonlarda ba’zi bir zarrachalar o‘zlarining muhim xossalarini saqlaydi.
Kinetik energiya tushunchasi. Fizika kursining birinchi bosqichida (V1-1X sinflarda) energiya tushunchasi jismning ish bajara olish qobiliyati bilan bog‘langan edi: agar jism yoki o‘zaro ta’sirlashuvchi bir nechta jismlar ish bajara olsa ular mexanik energiyaga ega bo‘ladi. Keyinchalik bu tushuncha kengaytiriladi. Jism tezligining o‘zgarishiga olib keladigan jismga qo‘yilgan kuchlarning bajargan ishlari ayirmasini hisoblab, quyidagi ifoda hosil qilinadi: O‘zgarishi jismga qo‘yilgan hamma kuchlar teng ta’sir etuvchisining bajargan ishiga teng bo‘lgan kattalik kinetik energiya deb aytiladi. Nyuton qonunlarining qo‘llanilishiga asos-langan bu xulosa mantiqan sodda. Uni o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar mustaqil hosil qilishlari mumkin. Kinetik energiya tushunchasini kiritishning bunday aniq yo‘lini afzalligi ham shundan iborat. Avval potentsial energiya emas, kinetik energiyaning kiritilishi juda ham to‘g‘ri (hamma hollarda kinetik energiyaning qiymati ayni bir formula bilan aniqlanadi, potentsial energiya esa ta’siri bu energiya vujudga keltiradigan kuchlarning ko‘rinishiga qarab, turli ko‘rinishdagi formulalar bilan aniqlanadi). Bunga darslikda e’tibor berilgan. Ammo, shu narsa aniqki, kinetik energiya tushunchasini o‘rganish formulani keltirib chiqarish bilan chegaralanmaydi. Bu formuladan foydalanishda undan bir qator xulosalar chiqarish mumkin: -kinetik energiya-bu harakatlanayotgan jismni xarakterlaydigan kattalikdir. Tinch to‘rgan jism kinetik energiyaga ega bo‘lishi uchun unga-tezlik bera oladigan ish bajarish kerak; -biror tezlik bilan harakatlanayotgan jism manfiy ish bajaradigan qarshilik kuchiga duch kelishi mumkin. Bunda bajarilgan ish qiymaticha jism kinetik energiyasi kamayadi, jism to‘xtaganda teng bo‘ladi; -kinetik energiya-nisbiy kattalik, u qanday sanoq jismiga nisbatan hisoblanishiga bog‘liq; Bolg‘a bilan bolg‘a tezligi va yo‘nalishida harakatlanayotgan taxtaga mix qoqib bo‘lmaydi. Va aksincha, bolg‘a bilan unga qarama-qarshi harakatlanayotgan jismga urib, tinch to‘rgan jismni urishga nisbatan ko‘proq deformatsiyalash mumkin. Shunday qilib, “jismning vaziyati” tushunchasini kiritmasdan turib, kinetik energiya ma’nosini jism vaziyatiga bog‘liq bo‘lgan kattalik sifatida tushuntiramiz (ushbu holda uning tezligiga bog‘liq). Bu energiya tushunchasini shakllantirishda eng muhim bosqich hisoblanadi. Download 460.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling