Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Quyidagi holatlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
Quyidagi holatlarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan
mulk huquqi e’tirof etilmaydi: aholi punktlarining bosh rejalari va ularning qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga, qishloq fuqarolari yig‘inlari hududlarini me’moriy rejalashtirishni tashkil etish loyihalariga (mavjud bo‘lganda) zid ravishda joylashgan imoratlarga; magistral quvurlar, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, elektr quvvati uzatish va aloqa liniyalari qo‘riqlanadigan muhofaza zonalari, suv muhofazasi va sanitariya- 63 himoya zonalarida, shuningdek ayerodromlar hamda chiqindilar va boshqa zaharli moddalarni ko‘mish joylari yaqinida joylashgan imoratlarga; qonun hujjatlari bilan qurilishi taqiqlangan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda hamda tabiiy xavfi yuqori bo‘lgan hududda joylashgan imoratlarga; o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilgan imoratlar shaharsozlik me’yorlari va qoidalarini buzib qurilgan bo‘lsa, uning saqlab qolinishi boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzsa yoxud fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirsa. Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb topilganda komissiya ishchi organi rad etish asoslari ko‘rsatilgan xat tayyorlaydi va dalolatnomaning nusxasini ilova qilgan holda uni dalolatnoma tasdiqlangan kunning o‘zida Davlat xizmatlari markaziga hamda tuman (shahar) hokimiga tizim orqali yuboradi. Davlat xizmatlari markazi xat tushganidan so‘ng bir soat mobaynida murojaat etuvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali xabardor qiladi hamda xatga o‘zining muhrini qo‘yib, murojaat etuvchiga taqdim etadi. Xatda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini olish uchun to‘sqinlik qilayotgan holatlarni (kamchiliklarni) bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi yoki o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etish mumkin emas bo‘lgan holatlar ko‘rsatiladi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat bo‘yicha komissiya ishchi organining xatida ko‘rsatilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan so‘ng o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat egasi ushbu Nizomda belgilangan tartibda bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar murojaat etish huquqiga ega. Murojaat etuvchi komissiya qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, bir martalik aksiya muddati tugagunga qadar tegishliligi bo‘yicha yuqori turuvchi komissiyaga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari tuman (shahar) komissiyalarining qarorlaridan norozi bo‘lgan shaxslarning murojaatlarini 3 ish kuni mobaynida ko‘rib chiqadi va hal etadi. Komissiya tomonidan shaxsning o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratiga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish mumkin emas deb hisoblanganda tuman (shahar) 64 hokimliklari komissiya dalolatnomasi asosida qonun hujjatlariga asosan turar joy qurish uchun ajratilishi mumkin bo‘lmagan yer maydonida joylashgan va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) to‘g‘risidagi da’vo arizasini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda sudga kiritadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling