Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. Xo‘jaliklararo yer tuzishning huquqiy tartibi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
4.3§. Xo‘jaliklararo yer tuzishning huquqiy tartibi
Yer tuzishning amaliyotda eng ko‘p uchraydigan turi xo‘jaliklararo yer tuzishdir. Xo‘jaliklararo yer tuzish yer uchastkalarini joylashtirishning qulay va 70 oqilona tartibini tanlash, ularni yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulkdorlarga ajratib berishda maqsadga muvofiqlikni ta’minlash hamda yer uchastkalariga bo‘lgan ma’muriy-hududiy va egalik, foydalanish, mulk huquqini yaxlitlash kabi masalalarni hal qilish uchun amalga oshiriladi. Xo‘jaliklararo yer tuzish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va mulkdorlarning yer uchastkalari joylashishining mukammalligini ta’minlaydi, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va yer mulkdorlariga yer bo‘lgan tegishli huquqni tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlash uchun asos bo‘ladi. Xo‘jaliklararo yer tuzishni ushbu iboraning ma’nosiga qarab, faqat xo‘jalik yurituvchi subyektlar, ya’ni xo‘jaliklararo o‘rtasidagi yer tuzish deb, tushunmaslik kerak. Zotan, u birgina xo‘jaliklar o‘rtasida emas, balki ovullar, qishloqlar, qo‘rg‘onlar, tumanlar, shaharlar va viloyatlar chegaralarini amalda belgilash (o‘zgartirish) ishlarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Demak, xo‘jaliklararo yer tuzish juda keng ma’nondagi tushuncha hisoblanadi. Yer to'g'risidagi qonun hujjatlariga asosan xo‘jaliklararo yer tuzishga quyidagilar kiradi 14 : - Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar (ovullar) chegaralarini belgilash bo‘yicha matyeriallarni tayyorlash; -yerlarning joylashishidagi noqulayliklarni bartaraf etgan holda yerdan foydalanuvchilar, ijarachilarning va mulkdorlarning yangi yer uchastkalarini tashkil etish hamda mavjud yer uchastkalarini tartibga solish loyihalarini tuzish; -yangi tashkil etilayotgan, qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga yer berish loyihalarini tuzish; -yuridik va jismoniy shaxslarga binolar, inshootlar qurish va boshqa ehtiyojlar uchun yerlarni berish bo‘yicha matyeriallarni tayyorlash; -vakolati doirasida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ajratib berilgan yer uchastkalarining chegaralarini joyning o‘zida o‘rnatish va yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkasini topshirish to‘g‘risida dalolatnoma bilan rasmiylashtirish; 14 O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi 12-modda .1998-yil 71 -muhofaza etiladigan muxandislik kommunikatsiyalari va obyektlari atrofida muhofaza tegralarini belgilash. -yerlarni qishloq xo‘jaligida sug‘orib foydalanish uchun o‘zlashtirish, qishloq xo‘jalik yerlarini yaxshilash, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproqni suv va shamol yeroziyasidan, sellardan, ko‘chkilardan, suv bosishdan, zaxlashdan, qaqrab qolishdan, zaranglashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, radioaktiv va kimyoviy moddalar bilan ifloslanishdan himoya qilish bo‘yicha ishchi loyihalarini ishlab chiqish; -barcha yerlarni yo‘qlamadan o‘tkazish hamda foydalanilmayotgan, samarasiz foydalanilayotgan yoki belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan yerlarni doimiy aniqlab borish; -yerlarni resurs jihatidan baholash, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan yer tuzish hujjatlarini ishlab chiqish; -yerlarni baholash tadbirlarini o‘tkazish. Xo‘jaliklararo yer tuzish tumanb(shahar) ma’muriy hududiy chegarasi doirasida yoki bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari guruhlarining o‘rtasida amalga oshiriladi. Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari boshqa ma’muriy-hududiy birliklarni qamrab olgan hollarda ma’muriy-hududiy birliklarning chegaralari joyning o‘zida o‘rnatish tartibida hal qilinadi. Xo‘jaliklararo yer tuzish loyihalari tasdiqlanganidan keyin joyning o‘ziga ko‘chirilib, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralari belgilangan namunadagi marza belgilari bilan o‘rnatiladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling