Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. O‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
3.4§. O‘zboshimchalik bilan qurilgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan
mulk huquqini berish yoki uni rad etish asoslari. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish hamda yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini berish to‘g‘risida tuman (shahar) hokimining qarori ko‘chmas mulkka bo‘lgan mulk huquqini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos hisoblanadi. Quyidagi hollarda o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etiladi va imorat joylashgan yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqi beriladi: 62 o‘zboshimchalik bilan egallab olingan, jismoniy shaxslar tomonidan uzluksiz foydalanilayotgan yer uchastkalari, agar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlar boshqa shaxslarning huquqlarini va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini buzmasa yoki fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirmasa, qonun hujjatlarida belgilangan me’yorlar (shu jumladan, har bir oilaga belgilangan me’yorlar) doirasida; belgilangan tartibda berilmagan yer uchastkalarida qurilgan obyektlar mulkdori bo‘lmagan, lekin o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilib jismoniy shaxslar tomonidan foydalanilayotgan imoratlariga va yer uchastkasiga; ko‘chmas mulk obyektlariga egalik huquqi mavjud jismoniy shaxslar tomonidan o‘zi yashab turgan yer uchastkasiga o‘zboshimchalik bilan qurilgan qo‘shimcha imoratlariga; jismoniy shaxslar tomonidan «Yer to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishiga qadar (1990 yil 20 iyun) yakka tartibda uy-joy qurish, shaxsiy yordamchi xo‘jalik yuritish uchun foydalanib kelayotgan imoratlar va yer uchastkasiga huquqlarni belgilovchi hujjatlar saqlab qolinmagan bo‘lsa; dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jalik yuritish uchun foydalanilayotgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan imoratlarga “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida belgilangan me’yorlar doirasida (Bu qoida o‘zgargan. 2009 yilda kiritilgan o‘zgartirish bilan. Endi dehqon xo‘jaliklariga berilgan er uchastkalariga imoratlar qurish mumkin emas). Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling