Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Nazorat uchun savollar: 
1. Davlat yer kadastri tushunchasi nimani anglatadi? 
2. Davlat yer kadastrining mazmunini nimalar tashkil etadi? 
3. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga o’tkazish qachon
amalga oshiriladi? 
4. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish vakolati qaysi
organlarga berilgan? 
5. Ro’yxatga oluvchi organlarning vakolatlari nimalardan iborat? 
6. Yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatiga olish tartibi qanday? 
7. Qanday holatlar huquqlarni ro’yxatga olishni rad etishga sabab bo’ladi? 
8. Qanday hujjatlar huquqlarni davlat ro’yxatiga olish uchun asos bo’ladi? 
9. Ro’yxatdan o‘tkazilishi lozim bo’lgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning 
qanday turlari mavjud? 
10. Binolar va inshootlar qanday hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi? 
 
VI BOB. YERDAN FOYDALANISH VA MUHOFAZA QILISH USTIDAN 
DAVLAT NAZORATI 
6.1§. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish ustidan nazoratni 
amalga oshirishning asosiy vazifalari 
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi yuridik va jismoniy shaxslar, davlat 
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yerdan 
foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazoratni amalga oshirishning asosiy 
vazifalarini, shuningdek yerdan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan 
nazoratni amalga oshiruvchi organlar faoliyatining huquqiy asoslarini belgilaydi. 
Unda belgilanishicha “Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish ustidan 
nazoratni amalga oshirishning asosiy vazifalari yuridik va jismoniy shaxslar, davlat 
boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qonun hujjatlari 
talablariga rioya etishlarini ta’minlashdan iboratdir”[12].


81 
Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan nazorat O‘zbekiston 
Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. CHunonchi, O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq yer, yer osti boyliklari, suv, 
o‘simlik va hayvonot olami hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylik bo‘lib, 
ulardan oqilona foydalanish zarur va ularni davlat huquqiy jihatdan muhofaza 
etilishini kafolatlaydi. 
YUqorida ko‘rsatilgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda yerlarni 
huquqiy muhofaza qilinishini ta’minlovchi Oliy Majlis qarorlari, Vazirlar 
Mahkamasi, Ekologiya va atrof muxitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining tegishli 
normativ-huquqiy hujjatlarini vazifalari muhim ahamiyatga ega. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling