Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofazaqilish ustidan davlat


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

6.3§. Yerlardan foydalanish hamda ularni muhofazaqilish ustidan davlat 
nazoratini amalga oshirish tartibi 
Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga 
oshiruvchi davlat organlari o‘zlariga yuklangan vazifalarga muvofiq belgilangan 
tartibda quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:
a) yerlarni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks tadbirlar bajarilishini ustidan 
nazorat qilish, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: tuproq unumdorligini, shuningdek 
yerlarning boshqa xossalarini qayta tiklash va oshirish; yerlarni suv va shamol 
yeroziyasidan, sellardan, suv bosishidan, botqoqlanishdan, qayta sho‘rlanishdan, 
qurib qolishdan, zichlashishdan, ishlab chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv 
moddalar bilan ifloslanishdan, emirilishning boshqa jarayonlaridan muhofaza qilish; 
qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini butalar va mayda dov-daraxtlar, begona o‘tlar 
o‘sishidan hamda yerlarning texnik holati yomonlashishining boshqa jarayonlaridan 
muhofaza qilish; agar boshqa usullar bilan tuproq unumdorligini tiklash mumkin 
bo‘lmasa, unumsizlangan qishloq xo‘jaligi yerlarini konservatsiya qilish; buzilgan 
yerlarni rekultivatsiya qilish, ularning unumdorligini va yerlarning boshqa foydali 
xossalarini oshirish; yer buzilishi bilan bog‘liq ishlarni bajarishda tuproqning 
unumdor qatlamlarini olish, ulardan foydalanish va ularni saqlash;
b) suvni muhofaza qilish zonalari va qirg‘oqbo‘yi polosalari uchun yer 
ajratilishi hamda ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish; 
v) foydali konlarni qazish, qurilish ishlari va boshqa ishlar uchun berilgan 
qishloq xo‘jaligi yerlari, o‘rmon yerlari va boshqa yerlarning ushbu ishlar 
tugallangandan keyin belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli holatga 
keltirilishi ustidan nazorat qilish; 
g) qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan:
tabiiy-iqtisodiy shart-sharoitlarga muvofiq ilmiy asoslangan almashlab 
ekishlarni, dehqonchilikning eng samarali va oqilona tizimini joriy etish; 


85 
haydaladigan yer maydonlari saqlab qolinishini ta’minlash; 
meliorativ jihatdan nobop bo‘lgan sug‘oriladigan yerlarni kompleks 
rekonstruksiya qilish, pichanzorlar va yaylovlarga suv chiqarish va ularni yaxshilash 
tadbirlari bajarilishini nazorat qilish; 
d) davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishga 
mo‘ljallangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini o‘lchash. 
Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga 
oshiradigan davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega: 
yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishni belgilangan tartibda 
tekshirish; 
yerga oid qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etishga va yerdan oqilona 
foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirishga 
qaratilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan 
ko‘rsatmalar berish; 
aybdor mansabdor shaxslarni va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy 
javobgarlikka tortish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishi natijasida etkazilgan zararni 
qoplash haqida da’volar kiritish, yerga oid qonun hujjatlari buzilishida aybdor 
bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish uchun tegishli korxonalar, muassasalar, 
tashkilotlarga taqdimnomalar yo‘llash va matyeriallarni huquqni muhofaza qilish 
organlariga taqdim etish
yerga oid qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yer uchastkalarini to‘liq 
yoki qisman olib qo‘yish to‘g‘risida taqdimnomalar hamda yer uchastkalarining 
unumsizlanib qolganligini belgilash haqida mahalliy davlat hokimiyati organlariga 
takliflar kiritish.
Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati "Xo‘jalik 
yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida"gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunida hamda Adliya vazirligida 2001 yil 26 aprelda 
1029 raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan Nazorat organlari tomonidan o‘tkaziladigan 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi 
to‘g‘risidagi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


86 
Yerga oid qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda yerdan foydalanish 
va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat 
organlarining vakolatli mansabdor shaxslari qonun buzilishining turlarini, yerga oid 
qonun hujjatlari buzilishi tufayli etkazilgan zararni, aniq aybdor shaxslarni 
aniqlaydilar va qonun buzilishi to‘g‘risidagi matyeriallarni qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda rasmiylashtiradilar. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling