Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Nazorat uchun savollar: 
1. Yerni huquqiy muhofaza qilish deganda nimani tushunasiz? 
2. Yerni huquqiy muhofaza qilishning maqsadi nima? 
3. Yer qonunchiligidagi yerni muhofaza qilishga qaratilgan huquqiy qoidalar 
nimalarni tartibga soladi? 
4. Yerdan xo‘jasizlarcha foydalanish tushunchasi nimani anglatadi? 
5. Nima maqsadda yerlar muhofaza qilinadi? 
6.Yer huquqbuzarligi tushunchasi nimani anglatadi? 
7.Kimlar huquqbuzarlik subyektlari hisoblanadi? 
8.Huquqbuzarlikning obyekti sifatida nimalar xizmat qiladi? 
9.Yerdan foydalanish huquqini buzish deganda qanday harakatlar tushuniladi? 
10.Yer kodeksining qaysi moddasida qonun hujjatlariga qarshi hatti-harakatlar 
keltirilgan? 
11.Ma’muriy javobgarlik haqidagi harakatdagi qonun bo‘yicha yer haqidagi qonunni 
buzganlik uchun qanday shaklida ma’muriy jazo nazarda tutilgan,? 
 
 
 


99 
ALOHIDA QISM 
VIII BOB. QISHLOQ XO’JALIGIGA MO’LJALLANGAN 
YERLARNING HUQUQIY HOLATI 
8.1§..Yer fondi toifasining huquqiy holati tushunchasi 
Yer huquqining alohida qismida O‘zbekiston Respublikasi yer fondi 
toifalarining huquqiy holati o‘rganiladi. Yer fondi toifasining huquqiy holati deganda 
– ushbu toifada yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishning yer qonunchilik 
hojjatlarida belgilangan tartibi tushuniladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
“Davyergeodezkadastr” 
Davlat 
qo‘mitasi 
ma’lumotlariga ko‘ra 2020 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasining 
ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 44896,9 ming gektarni tashkil qiladi. 
Respublika bo‘yicha korxona, tashkilot, muassasalar, fermer xo‘jaliklari va 
fuqarolarning foydalanishidagi jami yerlar 44892,4 ming gektarni, shundan 
sug‘oriladigan yerlar esa 4329,0 ming gektarni yoki umumiy yer maydonining 9,6 
foizini tashkil qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlardan foydalanish maqsadi va tartibiga 
ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Yer 
kodeksining 8-moddasida keltirilgan. Yer kodeksining 9-moddasiga muvofiq yerlar 
asosiy foydalanish maksadiga qarab yer fondi toifalariga bo‘linadi (1-jadval). 
Yerlardan asosiy foydalanish maqsadi - yerlardan yer-kadastr hujjatlarida aks 
ettiriladigan aniq maqsadlarni ko‘zlab foydalanishning qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibi va shartlaridir.Yerlarni yer fondining bir toifasidan boshkasiga o‘tkazish 
erlardan asosiy foydalanish maksadi o‘zgargan takdirda amalga oshiriladi.Yerlarni 
yer fondi toifalariga bo‘lish va bir toifadan boshkasiga o‘tkazish yer uchastkalarini 
berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Yer fondining 
toifasi yer uchastkalarini berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan kabul 
kilinadigan er uchastkalarini berish to‘grisidagi karorlarda, yer uchastkalariga bo‘lgan 
huquqlarni tasdiklovchi guvoxnomalarda, shartnomalarda, boshka hujjatlarda, davlat 
yer kadastri hujjatlarida ko‘rsatiladi. Yerlarni bir toifadan boshkasiga o‘tkazishning 
belgilangan tartibini buzish bunday o‘tkazish faktlarini gayriqonuniy deb va ular 


100 
asosida tuzilgan yer uchastkalariga doir bitimlarni xaqiqiy emas deb topishga, 
shuningdek yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad 
etishga asos bo‘ladi. 
1-jadval 
O‘zbekiston Respublikasi yer fondi 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling