Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§.Yer qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

7.4§.Yer qonunchiligini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik 
Yer, suv va boshqa tabiiy resurslarning muhofazasi huquqning asosiy 
vazifalariga kiradi. Huquq me’yorlari yerdan foydalanish qoidalarini, ya’ni tabiiy 
muhit va uning boyliklarini saqlash va muhofaza qilish kabi konstitutsiyaviy 


92 
majburiyatini ijro etganda fuqaro yoki mansabdor shaxs qanday harakatlarni sodir 
etish mumkinligi yoki lozimligi haqida ko‘rsatmalarni tasdiqlaydi. Ushbu qoidalarga 
rioya etilishini davlat majburlovchi choralari va ular ichida muhim o‘rin 
egallaydigan ma’muriy javobgarlik me’yorlari bilan ta’minlanadi.
Ma’muriy javobgarlik huquqiy javobgarlikning mustaqil turi bo‘lib, vakolatli 
organ tomonidan ma’muriy jazo qo‘llanishida ifodalanadi. 
Ma’muriy javobgarlik haqidagi harakatdagi qonun bo‘yicha yer haqidagi qonunni 
buzganlik uchun faqatgina jarima shaklida ma’muriy jazo nazarda tutilgan, u esa 
ma’muriy huquqbuzarlik sodir etilgan, davom etayotgan huquqbuzarlik aniqlangan 
vaqtiga tasdiqlangan eng kam ish haqining miqdori bilan o‘lchanadi.
Ma’muriy jazoning qo‘llanilishi sudlanganlik va ishdan bo’shatishga olib 
kelmaydi. Ma’muriy jazo qo‘llanilgan shaxs belgilangan muddatda ma’muriy tartibda 
jazolangan xisoblanadi. Shunday qilib, MJTKning 37-moddasiga muvofiq, agar 
ma’muriy jazo qo‘llangan shaxs jazoning ijro etilgan kundan boshlab bir yil ichida 
yangi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etmasa, u ma’muriy jazoga tortilmagan deb 
xisoblanadi
16

Ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi deganda MJTK bilan belgilangan, ularning 
majburligi ma’muriy javobgarlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan alomatlarning 
(elementlarining) yig‘indisi tushuniladi. Yuridik adabiyotlarda ba’zan ma’muriy 
huquqbuzarlik tarkibi tushunchasi ma’muriy huquqbuzarlikning alomatlari bilan 
almashtiriladi. Masalan, ta’kidlanadiki, ma’muriy huquqbuzarlik tarkibi – bu 
huquqda belgilangan ularning mavjudligida jamoaga qarshi bo‘lgan qilmish 
ma’muriy huquqbuzarlik deb hisoblanadigan alomatlarning yig‘indisidir. Ammo, bu 
amal qilib turuvchi qonun me’yorlariga mos kelmaydi. Hususan, MJTKga binoan 
ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish paytida shaxs o‘n olti yoshga to‘lmaganligi 
ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlarga 
kiradi. (271-moddaning 2-bandi). Gap shaxsning aqli norasoligi haqida ketganda
ma’muriy huquqbuzarlik emas, balki g‘ayriqonuniy harakat yoki yoki harakatsizlik 
(271-moddaning 3-bandi.) sodir etilishi nazarda tutiladi, chunki aqli norasolikda
16
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksi. 37- modda-T.: Adolat. 2005. 


93 
(MJTKning 20-moddasi) istisno etiladigan yuridik tarkibning alomati bo‘lishida 
ayblik zaruriy hisoblanadi.
3-rasm. Yer qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi “Davyergeodezkadastr” Davlat qo‘mitasining 2009 
yil 3 martdagi 24-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Yer 
resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi organlari 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling