Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


deganda, davlatning yerga nisbatan bo‘lgan mulk huquqiga qarshi qaratilgan


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

deganda, davlatning yerga nisbatan bo‘lgan mulk huquqiga qarshi qaratilgan
yerdan foydalanuvchilarning manfaatlariga zid bo‘lgan, yerdan oqilona va 
samarali foydalanishni ta’min etishga xalal beradigan g‘ayriqonuniy xatti-
harakatlar yoki harakatsizliklar tushuniladi. 
Yerdan foydalanish huquqi qonun hujjatlariga qarshi turli xil hatti-harakatlar 
orqali buzilishi mumkin bo‘lib ularning tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Yer 
kodeksining 90-moddasida keltirilgan (-rasm). Yerdan foydalanish huquqini 
buzganlik uchun huquqbuzarni javobgarlikka tortishga asos bo‘lib yer huquqbuzarligi
sodir etilishi va shu huquqbuzarlik uchun qonunchilik hujjatida javobgarlik chorasi 
belgilangan bo‘lishi kerak. Shuni ta’kidlash lozimki, yer qonunchiligi hujjatlarida 
ularni buzganlik uchun javobgarlik choralarini ifodalamaydi. Shuning uchun yerdan 
foydalanish huquqini buzganlik uchun huquqiy choralar boshqa huquq sohalari
qonunchilik hujjatlarida, masalan, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy kodekslarida 
ko‘rsatilgan. Biroq, bu sohalarda belgilangan javobgarlik choralarini qo‘llash uchun 
huquqbuzar nafaqat yerdan foydalanish huquqini buzini balki bir vaqtning o‘zida 
ularning ham huquq me’yorlarini buzgan bo‘lishi kerak. Shundagina aybdorlarni 
yuqorida keltirilgan qonunchilik hujjatlari me’yorsi bilan javobgarlikka tortish 
mumkin. Masalan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallaganlik Yer kodeksi 
me’yorini (91-modda) buzish hisoblanadi va shunday xatti-harakat uchun yer 
huquqiy javobgarlik chorasi sifatida o‘sha yerni qaytarib olish belgilangan. Xuddi 
shunday harakat O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining me’yorini (229
1
-
modda) ham buzish hisoblanadi va buning uchun jinoiy javobgarlikka tortish 
chorasini qo‘llashga asos bo’ladi. 
Yerdan foydalanish huquqini buzganlik uchun ma’muriy, intizomiy, fuqarolik, 
jinoiy javobgarlik choralari qo‘llaniladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling