Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Yer huquqbuzarligi tushunchasi


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

7.3§. Yer huquqbuzarligi tushunchasi 
Yer huquqbuzarligi deganda, yer huquqi me’yorlariga qarama-qarshi bo‘lgan 
hatti-harakat yoki harakatsizlik tushuniladi. 
Yerdan foydalanish huquqi qoidalarini buzuvchilar, ya’ni huquqbuzarlik
subyektlari bo‘lib qishloq xo‘jalik korxonalari, davlat va kopyerativ tashkilotlari
fuqarolar bo‘lishi mumkin. Shuningdek, davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, 
sanoat korxonalari, boshqa tashkilotlar ham bu huquqbuzarlikning subyektlari 
bo‘lishlari mumkin. 
Huquqbuzarlikning obyekti bo‘lib, birinchi navbatda

davlatning yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi;

qishloq xo‘jalik va boshqa korxonalarning yerdan foydalanish huquqi;

yerdan qonuniy foydalanish tartibi hisoblanadi.
Yerdan foydalanish huquqining buzilishi asosan shu sanab o‘tilgan huquq va 
manfaatlarga qarshi qaratilgan bo‘lib, shu huquq va manfaatlarning amalga 
oshirilishiga to‘siq bo‘ladi. 
Yerdan foydalanish huquqbuzarligining mazmunini yer egalari, yerdan 
foydalanuvchilar va ijarachilarga iqtisodiy, moddiy va ma’naviy, ekologik zarar
yetkazishga qaratilgan harakat yoki harakatsizlik tashkil etadi. Chunki: qonunga zid 
tuzilgan bitimlar, yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, yer 
uchastkalarini qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidan asossiz olib qo‘yish, ularni zaxarli 
ximikatlar va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslantirish, yer uchastkalari 
chegara marzalarini buzib tashlash va shunga o‘xshash harakatlar orqali ma’lum bir 
huquqbuzarliklar sodir etilsa, vaqtincha egallab turgan yerni qaytarib berish 
muddatini buzish yoki shu yerlarni belgilangan maqsadda foydalanish uchun yaroqli 
holatga keltirib berish majburiyatlarini bajarmaslik, yovvoyi o‘tlarga qarshi kurash 
choralarini ko‘rmaslik, tuproqni shamol, suv ta’sirida yemirilishdan saqlash 
majburiyatlarini bajarmaslik va shunga o‘xshash harakatsizlik oqibatida ham 
huquqbuzarliklar sodir etiladi. 


91 
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, yerdan foydalanish huquqini buzish 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling