Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish tartibi


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

8.3§. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni berish tartibi 
Qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar avvalo, qishloq xo‘jaligi 
korxonalariga beriladi. O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksida belgilanishicha, 
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur 
bo‘lgan qishloq xo‘jaligi yerlari va daraxtzorlar, ichki xo‘jalik yo‘llari, 
kommunikatsiyalar, o‘rmonlar, yopiq suv xavzalari, binolar, imoratlar va inshootlar 
egallangan yerlarga ajraladi (YK 43-modda). Shuningdek haydaladigan yerlar, 
pichanzorlar, yaylovlar, tashlandiq yerlar, ko‘p yillik dov-daraxtlar (bog‘lar, 
tokzorlar, tutzorlar, mevali daraxt ko‘chatzorlari, mevazorlar va boshqalar) egallagan 
yerlar ham qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar ichida sug‘oriladigan yerlar muhim
o‘rinni egallaydi. Sug‘orish uchun yaroqli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni 
sug‘orishni ta’minlay oladigan sug‘orish manbai bilan bog‘langan doimiy yoki 
muvaqqat sug‘orish tarmog‘iga ega bo‘lgan yerlar sug‘oriladigan yerlar jumlasiga 
kiradi. 
Yer uchastkalaridan foydalanish maqsadiga qarab qishloq xo‘jalik korxonalari 
yerlari tovar qishloq xo‘jaligi maxsuloti yetishtirishga mo‘ljallangan hamda qishloq 
xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarga (uy-joylar, binolar, inshootlar, yo‘llar va h.k..) 
bo‘linadi. Suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab qishloq xo‘jaligi korxonalari 
yerlari sug‘oriladigan yerlar hamda lalmi yerlari toifalariga bo‘linadi. Yer 
kodeksining 44-moddasiga muvofiq “qishloq xo‘jaligida foydalanish va sugor’ish 
uchun yarokli bo‘lgan, suv resurslari shu yerlarni sugor’ishni ta’minlay oladigan 
sugor’ish manbai bilan boglangan doimiy yoki muvakkat sugor’ish tarmogiga ega 
bo‘lgan yerlar sugor’iladigan yerlar jumlasiga kiradi”. Sug‘oriladigan yerlar maxsus 
muxofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish 
alohida hollarda, tuproq-meliorativ va iqtisodiy sharoitlar, yerlarning suv bilan 
ta’minlanganligi, belgilangan limitlar inobatga olinib, O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Maxkamasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi qishloq 


103 
xo‘jaligi vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligining hamda 
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri 
davlat qo‘mitasining xulosasiga muvofiq viloyat xokimi qaroriga binoan amalga 
oshiriladi. Yer kodeksida aloxida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sugor’iladigan 
yerlar tushunchasi ham belgilangan. Unga ko‘ra
18
“Kadastr baxolanishiga ko‘ra 
o‘rtacha tuman bonitet ballidan 20 foizdan ko‘p bo‘lgan sugor’iladigan qishloq 
xo‘jaligi yerlari aloxida qimmatga ega bo‘lgan unumdor sugor’iladigan yerlar 
jumlasiga kiradi”. Ushbu unumdor sugor’iladigan yerlar maxsus muxofaza qilinishi 
lozim va ularning sugor’ilmaydigan yerlar jumlasiga o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Yuqoridagilardan tashqari, qishloq xo‘jalik korxonalarning yerlari xo‘jalik 
yuritish shakliga qarab jamoa fondi yerlari va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 
ajratilgan yerlar toifalariga bo‘linadi. Ma’lumki barcha qishloq xo‘jaligi uchun 
mo‘ljallangan yerlar kimning foydalanishida bo‘lishidan qat’iy nazar, foydalanish 
maqsadlari hamda qonunda belgilangan huquqiy holatlariga ko‘ra ma’lum umumiy 
o‘xshashlikka ega. Bunday yerlardan, ya’ni qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan 
yerlardan foydalanish huquqining subyektlari jismoniy va yuridik shaxslar bo‘lishlari 
mumkin. Amaldagi yer qonunchiligiga binoan yerdan foydalanuvchilar ularga 
berilgan yerdan faqat qonunda ko‘rsatilgan maqsaddagina foydalanishlari mumkin. 
Masalan, fermer xo‘jaligi o‘ziga berilgan yerdan asosan qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishni tashkil etish maqsadidagina foydalanishga xaqli. 
Yuqorida keltirilganidek, qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘zlariga biriktirilgan 
yerlarda birinchi navbatda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini amalga oshirsalar, 
ikkinchi tomondan ular yerdan ishlab chiqarish binolari qurish, yordamchi xo‘jaliklar 
barpo etish, qurilish matyeriallarini ishlab chiqarish, turar-joy va ma’muriy binolar, 
madaniy-maishiy binolar qurish uchun ham foydalanadilar. 
Qishloq xo‘jalik korxona va tashkilotlarini yer bilan ta’minlash amalda 
xo‘jaliklar aro yer tuzish usuli bilan o‘tkaziladi. Bunday yer tuzish ishlari 
bajarayotgan paytda yer uchastkasi chegaralanadi va uning chegaralari marzalar bilan 
belgilanadi. 
18
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksi 45-modda 


104 
O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksining 10-moddasida, yer uchastkasi ajratib 
berilganda bu uchastka chegarasi natura holida (yerning o‘zida) aniqlanib, o‘zga 
uchastkalardan marza va boshqa xil chegara belgilari bilan ajratib qo‘yilishi belgilab 
qo‘yilgan. Tegishli yer tuzish organlari yer uchastkasi chegaralari joyda 
belgilaganlaridan so‘ng, yerdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatni beradilar. 
Bu hujjat tegishli hokimiyat organlari tomonidan beriladi va yerdan foydalanish 
huquqini tasdiqlovchi yagona yuridik hujjat bo‘lib hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi yer qonunchiligi
19
ga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga 
mo‘ljallangan yerlar quyidagilarga beriladi: 

qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga - tovar qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun; 

tajriba-ishlab chiqarish, o‘quv, o‘quv-tajriba va o‘quv-ishlab chiqarish 
xo‘jaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xo‘jalik muassasalari va tashkilotlariga 
- ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlari, tovar qishloq xo‘jaligini yuritish va ilg‘or 
tajribani targ‘ib qilish uchun; 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - fermer xo‘jaliklarini yuritish uchun; 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - dehqon xo‘jaliklarini, yakka tartibda 
bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun; 

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga - jamoa bog‘dorchiligi, polizchiligi va 
uzumchiligi uchun; 

qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanmaydigan korxonalar, muassasalar va 
tashkilotlarga - yordamchi qishloq xo‘jaligini yuritish uchun. 
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
xollarda yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligini yuritish, shuningdek o‘zga 
maqsadlar uchun berilishi mumkin. 
Qishloq xo‘jaligi yerlari o‘zga maqsadlarda, qoida tariqasida, keyinchalik 
qishloq xo‘jalik maqsadlarida foydalanish uchun yaroqli xolga keltirish sharti bilan 
vaqtincha foydalanishga beriladi.(YK 46-modda) 
19
O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksi 46-modda 


105 
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi uchun ajratilgan yerlar eng qimmatli yerlar 
hisoblanib, oziq-ovqat maxsulotlariga bo‘lgan va sanoatni xom-ashyoga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirishda o‘ta muhim ahamiyatga ega.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling