Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soat


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat 
ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha 
ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish: 
a) takroran; 
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, eng 
kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda 
jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh 
yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish 
bilan jazolanadi.
Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan 
egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa hamda o‘zboshimchalik bilan 
egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etilad
17
i»[10]; 
Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi holatlari aniqlanganda yerdan 
foydalanish va uni muhofaza qilishni nazorat qilish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi 
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining yer 
egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning yerdan foydalanish faoliyatini 
nazorat qilish huquqi berilgan vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan qonun buzilishi 
natijasida keltirilgan zarar va aybdor shaxslar aniqlanadi hamda yer qonunchiligi 
17
“Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishi munosabati bilan 
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston 
Respublikasining qonuni 2019-yil


98 
hujjatlarida belgilangan tartibda yer tuzish ishi qo‘zg‘atiladi. Yer tuzish ishida 
quyidagi hujjatlar rasmiylashtiriladi: 

Yer qonunchiligi buzilganligini bartaraf etish bo‘yicha ogohlantirish xati; 

Yer qonunbuzilish holati aniqlanganligi to‘g‘risida bayonnoma; 

Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish haqida 
bayonnoma; 

Yer qonunchiligi buzilishi haqidagi ishni ko‘rib chiqishga kelish uchun 
chaqiriq qog‘ozi; 

Yer qonunchiligini buzganligi uchun ma’muriy javobgarlikga tortish 
to‘g‘risida (ishlab chiqarishda yer qonunchiligini buzilganligi bo‘yicha ishlarni 
to‘xtatib qo‘yish haqida) qaror. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling