119
X BOB. AHOLI PUNKTLARI YERLARINING HUQUQIY HOLATI
10.1§
. Aholi punkti yerlari huquqiy holatining umumiy tushunchasi
Aholi punktlarining yerlari mamlakatimiz yer fondi
tarkibida mustaqil toifani
tashkil etadi. 2020 yining 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni
223.4 ming gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 0.50 foizini tashkil etadi.
Aholi punkti yerlari deganda tasdiqlangan shaharsozlik
va yer tuzish hujjatlari
asosida chegaralari belgilangan aholi yashaydigan, sanoat, transport, aloqa, mudofaa
va boshqa inshootlar joylashgan shahar,
posyolka, qishloqlarning tashqi chegaralari
doirasidagi yerlar tushuniladi. Aholi punkti yerlari huquqiy holati to‘g‘risida
tushunchaga ega bo‘lish uchun
aholi punktlarining turlari, aholi punkti yerlarining
tarkibi, bu
yerlardan foydalanish tartibi, foydalanuvchilarning huquq va
majburiyatlari, bu toifa yerlarni borshqarishning o‘ziga
xos xususiyatlari kabi
masalalarni aniqlash lozim bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi shaharsozlik kodeksining 9-moddasiga ko‘ra aholi
punktlari shahar aholi punktlari (shaharlar, shahar tipidagi posyolkalar)
va qishloq
aholi punktlariga (qishloqlar, ovullar) bo‘linadi.
Aholi soniga qarab shahar aholi punktlari quyidagilarga bo‘linadi
21
:
Do'stlaringiz bilan baham: