Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. Fuqarolarning fermer xo‘jaligini yuritish uchun ijara huquqi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
9.2§. Fuqarolarning fermer xo‘jaligini yuritish uchun ijara huquqi
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yer asosiy vosita rolini o‘ynaydi. Shuning uchun ham fermer xo‘jaliklarini tashkil etishning negizida ularga yer berish masalasi yotadi. Fermer xo‘jaliklari yuritish uchun yer uchastkalari zahira yerlardan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan va qishloq xo‘jalik kopyerativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan beriladi. Vazirlar Maxkamasining 2002 yil 5 yanvardagi 8-son qarori bilan tasdiqlangan «Qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi korxonasi negizida fermer xo‘jaligi barpo etish uchun talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish Tartibi» va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2005 yil 18 117 noyabrdagi 237a-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Fermer xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini berishda tanlov g‘olibini aniqlash tartibi to‘g‘risida Nizom» fermer xo‘jaliklarini tashkil etishda talabgorlarni tanlash va ularning tanlovini o‘tkazish shartlarini, tanlov g‘oliblarini aniqlash tartibini belgilab beradi. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish tartibi «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida» qonunning 5-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga muvofiq, chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. CHorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligiga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan erlarda kamida 0,3 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,5 gektarni), boshqa viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sug‘oriladigan erlarda tegishincha, kamida 0,45 gektarni (nasldor chorvachilik fermer xo‘jaliklari uchun 0,6 gektarni), sug‘orilmaydigan (lalmikor) nerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 yanvardagi 14- Sonli qarorining 4-ilovasi bilan tasdiqlangan “Fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirishga qo‘yiladigan talablar”ga asosan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari yer uchastkalarining hajmlari ularning faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi: paxtachilik va g‘allachilik yo‘nalishida er uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami — 100 gektar;g‘allachilik va sabzavotchilik yo‘nalishidagi er uchastkalari maydonlari eng kam o‘lchami — 20 gektar; bog‘dorchilik va uzumchilik yo‘nalishidagi er uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami — 10 gektar;sabzavotchilik va polizchilik yo‘nalishidagi yer uchastkalari maydonlarining eng kam o‘lchami — 5 gektar. Maqbullashtirish jarayonida tuman hokimliklari zaxirasiga qaytarilgan er uchastkalari, birinchi navbatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritadigan, moliyaviy 118 holati yaxshi (qarzdorligi yo‘q, bank hisobvaraqlarida mablag‘i bo‘lgan) va qishloq xo‘jaligi texnikalariga ega ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari (kichik — klasterlar), paxta-to‘qimachilik klasterlari, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalariga beriladi. Yer uchastkalarini maqbullashtirishda konturlarning yaxlitligini saqlagan holda, tuproq sharoiti, suv yo‘li va boshqa omillar hisobga olinadi. Eski, iqtisodiy jihatdan samaradorligi past bo‘lgan (ko‘chat soni kam bo‘lgan, ko‘chatlar intensiv usulda ekilmagan) bog‘ va tokzorlar belgilangan tartibda buzilib, ekin er maydonlari tarkibiga qo‘shiladi. Bog‘ va tokzorlarni maqbullashtirishda so‘nggi uch yilda olingan hosil, uni sotishdan tushgan tushum to‘g‘risidagi statistika organlariga topshirilgan hisobotlar, bank hisobvaraqlarida aylangan mablag‘lar, yangi tashkil etilgan bog‘ va tokzorlarga sarflangan xarajatlar tahlil qilinib, xulosa qilinadi. Yer ijara shartnomasi bekor qilinayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalarining tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari, bog‘ va tokzorlarga qilingan xarajatlar, er uchastkasi biriktirib berilayotgan yoki yangidan tashkil etiladigan fermer xo‘jaliklari, klasterlar, eksport qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalari tomonidan o‘zaro kelishuv (kelishilgan narxlar) yoki baholash natijalari asosida qoplab beriladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling