Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§.Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarining huquqiy holati
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
12.2§.Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarining huquqiy holati
Sanoat erlari mamlakatimiz er fondi tizimida transport, aloqa, mudofaa maqsadlariga mo‘ljallangan erlar bilan birgalikda alohida mustaqil toifani tashkil etib, unga sanoat korxonalariga, shu jumladan kon sanoati, energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar hamda inshootlar qurish uchun doimiy foydalanishga berilgan erlar kiradi. Demak, sanoat erlari sanoat korxonalarining ular 136 zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun berilgan er maydonlaridan iborat bo‘ladi. Sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar respublikamiz qonunchiligiga ko‘ra davlat mulki hisoblanadi. Shuning uchun sanoat yerlari davlatning yerga nisbatan mulk huquqini amalga oshiruvchi tegishli mahalliy hokimiyat organlari tomonidan sanoat korxonalariga doimiy egalik huquqi asosida beriladi. Demak, yer qonunchiligining yerdan doimiy egalik huquqi asosida foydalanishga talluqli bo‘lgan barcha qoidalari sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holatini belgilashda asos rolini o‘ynaydi. Bular jumlasiga yerdan oldindan belgilanmagan muddatda foydalanish, yerdan belgilangan maqsadda foydalanish, yerdan foydalanganlik uchun haq to‘lash, yerdan foydalanish huquqini vujudga kelish asoslari va tartibi, yerdan foydalanishni bekor bo‘lish asoslari va tartibi, yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi qoidalarni kiritish mumkin. Sanoat yerlari asosan shahar va shahar tipidagi posyolkalardan tashqarida sanoat korxonalarini joylashtirish va ishlatish uchun ajratib beriladi. Bundan tashqari, sanoat yerlari shahar, posyolka, qishloq punktlari yerlari tarkibida ham joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunday yerlar punkti yerlari toifasiga kirib, ularning huquqiy holati shu toifa yerlar huquqiy holatiga muvofiq ravishda belgilanadi. Sanoat yerlari sanoat korxonalarining egaligida bo‘lib, tegishli vazirlik va davlat qo‘mitalari tomonidan boshqariladi. Sanoat korxonalari shu toifa yerlardan foydalanish huquqining birlamchi subyektlari bo‘lib hisoblanadilar. Sanoat korxonalarining o‘z vazifalarini amalga oshirish uchun berilgan yerlari sanoat yerlari obyektini tashkil etadi. Sanoat yerlari qoidaga ko‘ra qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlardan beriladi. Agar buning imkoniyati bo‘lmasa qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan lekin sifati past bo‘lgan yerlardan ajratib beriladi. Sanoat korxonalarini joylashtirish hamda faoliyatini yuritish uchun xizmat qiladigan yer maydonlarining miqdori yer qonunchiligida belgilanmagan. Uning miqdori sanoat korxonasini qurish loyihasida tasdiqlangan rejaga binoan aniqlanadi. Sanoat korxonalariga berilgan yer uchastkalari sanoat inshootlarini joylashtirish ishlab chiqarishni tashkil etish talablari asosida foydalaniladi. Bunday yerlardan qishloq 137 xo‘jalik maqsadlarida foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sanoat korxonalari sanoat maqsadlariga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishda yer qonunchiligi me’yorlariga qat’iy rioya etishlari shart bo‘ladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling