Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§.Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarining huquqiy holati


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

12.3§.Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarining huquqiy holati 
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksida ko‘rsatilishicha, transport 
maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga temir yo‘l, ichki suv transporti, 
avtomobil, xavo va truboprovod transporti korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlariga transport inshootlari, qurilmalari va boshqa obyektlaridan foydalanish, 
saqlash, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish 
sohasida ular zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy 
foydalanishga berilgan yerlar kiradi. 
Transport maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarining asosiy qismini transport 
faoliyatini ta’minlash zaruriyati uchun ajratilgan yer uchastkalari tashkil etadi. 
Bundan tashqari, transport yerlarning tarkibiga transport yerlarining o‘zi, yuk tashish, 
passajirlar tashish va boshqa xizmat uchun ajratilgan yerlar kiradi. Transport uchun 
ajratilgan yerlardan foydalanish huquqining subyektlari bo‘lib, transport vositalari va 
ekspluatatsiya qiluvchi aloqa yo‘llariga ega bo‘lgan tegishli tashkilotlar hisoblanadi. 
Misol uchun: 

temir yo‘l transportida temir yo‘l bo‘limlari:

xavo transportida - aeroportlar;

dengiz transportida - dengiz portlari, kemalar yasovchi va ta’mirlovchi 
zavodlar;

truboprovod transportida - magistral truboprovodlardan foydalanish 
boshqarmalari; 

ichki suv transportida - daryo portlari;

avtomobil transportida - yo‘l ekspluatatsiya uchastkalari shunday tashkilotlar 
hisoblanadi. 
Transport uchun ajratilgan yer uchastkalarining ko‘p qismi transportning 
xo‘jalik ehtiyojlari uchun xizmat qiladi (masalan, avtomobil yo‘llari va temir yo‘llari 
va temir yo‘llarini yotqizish uchun ketadigan matyeriallarni saqlash ehtiyojlariga 


138 
mo‘ljallangan yer uchastkalari, yo‘llarni ta’mirlash zarurati uchun tuproq va tosh 
olinadigan yer uchastkalari). Shuningdek, temir yo‘l transporti yerlariga temir yo‘lni 
idora etuvchi organlari boshqaradigan yerlar, temir yo‘l transporti xizmati uchun 
alohida mo‘ljallangan yerlar ham kiradi. Temir yo‘l transportida temir yo‘l izlari 
o‘rnatilgan yerlardan boshqa uning tomonlarida muhofaza qiluvchi poyaslar ham
qoldiriladi. Temir yo‘l poloslariga quyidagilar kiradi: yo‘l binolari, aloqa qurilmalari 
stansiyalari (butun qurilmalari bilan), himoyalanish nixollari.
Avtomobil transporti yerlariga tegishli organlarga berilgan va ularning 
nazoratiga topshirilgan poloslar va shu yerlarga qo‘shiladigan uchastkalar, avtomobil 
transporti xizmatiga alohida ahamiyat ga ega bo‘lgan yerlar kiradi. Avtomobil 
transporti yerlariga tegishli organlariga berilgan va ularning nazoratiga topshirilgan 
poloslar va shu yerlarga qo‘shilgan uchastkalar, avtomobil transporti xizmatiga 
alohida ahamiyatga ega bo‘lgan yerlar kiradi. 
Avtomobil yo‘llarining kengligi yo‘l kategoriyasiga qarab belgilanadi. 
O‘zbekistonda o‘rnatilgan qoidaga binoan avtomobil yo‘llarining kategoriyasiga 
qarab quyidagicha maksimal yo‘l kengligi belgilangan: I - kategoriya - 39 metr; II - 
kategoriya - 28 metr; III - kategoriya - 22 metr; IV - kategoriya - 19 metr; V - 
kategoriya - 18 metr. 
Shu bilan birga avtomobil yo‘llari yoqalarida yo‘l xizmati uchun doimiy 
binolar qurishga va avtomobil transporti passajirlariga xizmat ko‘rsatish uchun har xil 
binolar va qurilmalarni qurishga ruxsat etiladi. 
Avtomobil yo‘llari va ularga ajratilgan poloslarda mol xaydash, mol boqish, 
sihatgohlar, palatkalar qurish, olov yoqish, ko‘prikka 200 metr yaqinda olov yoqish 
taqiqlanadi.
Quvurlar orqali yuk tashish uchun mo‘ljallanga yerlariga shu soha bilan 
shug‘ullanuvchi vazirlik nazoratiga berilgan magistral truboprovodlar (neft 
magistrallari, truboprovod magistrallari) va shu sohaga aloqador bo‘lgan yer 
uchastkalari kiradi. Magistral truboprovod trassalari qurish va ekspluatatsiya qilish 
uchun belgilangan kenglikka yer uchastkalari va polosalar beriladi. Uning kenglik 
hajmi trassa xaraktyeriga qarab yoki qurilish yoki ekspluatatsiya qilish davriga qarab 


139 
belgilanadi. Magistral truboprovod trassalari uchun qo‘shimcha yer uchastkalari 
ularning doimiy muhofazasini ta’minlash uchun beriladi. 
Yer qonunchiligi me’yorlariga binoan dengiz transporti yerlarini dengiz 
transporti xizmati ehtiyojlari uchun shu sohani idora etuvchi organ ixtiyoriga berilgan 
hududlar: dengiz portlari, mayaklar va boshqa maxsus qurilmalar tashkil etadi. Daryo 
transporti yerlariga daryo transporti sohasini idora etuvchi organlar tomonidan 
boshqariladigan daryo transporti ehtiyojlariga xizmat qiladigan daryo portlari, 
pristanlar va boshqa qurilmalar kiradi. 
Havo transporti yerlariga havo yo‘llari organlari nazoratiga berilgan, havo 
transporti ehtiyojlari uchun xizmat qiladigan maxsus qurilmalar bilan band bo‘lgan 
yer uchastkalari, aeroport va ayerodrom hududlari kiradi. Havo kodeksi
23
da 
belgilanishicha maxsus qurilgan, ya’ni samolyot uchishi va ko‘nishi, to‘xtab turishi 
va havo kemalari xizmati uchun ajratilgan yer uchastkalari ayerodrom hisoblanadi. 
Aeroport hududiga esa avvalo ayerodrom, shuningdek vokzal, har xil binolar qurish 
uchun zarur bo‘lgan yer uchastkalari kiradi. Bundan tashqari, aeromayaklar, vishkalar 
va maxsus boshqa qurilmalar bilan band bo‘lgan yerlar ham aeroport va ayerodrom 
hududiga joylashtirilib, ular ham transport yerlari hisoblanadi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling