Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- XII BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MO’LJALLANGAN YERLARNING HUQUQIY HOLATI 12.1
Nazorat uchun savollar:
1. 1. Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yer uchastkalari kimning tasarrufida bo‘ladi? 2. Ko‘p qavatli uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanishning qanday xususiyatlari mavjud? 3. Jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun yer uchastkalari kimlarga biriktiriladi? 4. Jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun biriktirilgan yer uchastkalaridan foydalanish qanday xususiyatlarga ega? 5. Ko‘p kvartirali uylardan jismoniy shaxs sifatida foydalanish qanday tartibda amalga oshiriladi? XII BOB. SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MO’LJALLANGAN YERLARNING HUQUQIY HOLATI 12.1§. Sanoat va transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risida tushuncha va ularning tasnifi Sanoat va transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar mamlakat yer fondi tizimida alohida mustaqil toifani tashkil etadi. 2020 yining 1 yanvar holatiga ko‘ra ushbu toifa yerlarining maydoni 867.4 ming gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 1.93 foizini tashkil etadi. Ushbu toifa tarkibiga kiruvchi yerlar tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksining 69-moddasida belgilangan. 135 Sanoat, transport, aloqa, mudofaa korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer berish hamda ushbu tashkilotlarning o‘zlari egaligida bo‘lgan yer uchastkalarini vaqtincha foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berish tartibi belgilangan. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa hamda boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan erlardan oqilona va unumli, ilmiy asoslangan tarzda foydalanish, ularni korxonalarga eng maqbul tarzda ajratib berish ko‘p jihatdan mamlakatning iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu toifadagi erlarning huquqiy holati er qonunchiligi bilan birga balki shaharsozlik qonunchiligi bilan ham belgilanadi. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa korxonalariga er uchastkalari foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksining 23-moddasida belgilangan tartibda doimiy egalik qilish huquqi asosida beriladi. Bunda yer uchastkalari tegishli korxonalarga mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yer qonunchiligida belgilangan tartibda ajratib beriladi. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa korxonalarining erdan foydalanish huquqi Er kodeksining 31-moddasida nazarda tutilgan asoslarda vujudga keladi. Tegishli korxonalarning er uchastkasiga doimiy egalik qilish huquqi esa ushbu huquqni beruvchi davlat hujjati bilan tasdiqlanadi. Sanoat, kommunal, omborxona ob’ektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar ob’ektlarini joylashtirish maqsadida er uchastkalari ajratilganda bunday erlarda sanitariya-muhofaza zonalari barpo etish ko‘zda tutiladi. Sanoat, kommunal va omborxona ob’ektlarining sanitariya-muhofaza zonasida uylar, ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash, dam olish ob’ektlari, jismoniy tarbiya- sog‘lomlashtirish va sport inshootlari, bog‘dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling