Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§. Shaharlar va shaharchalar yerlarining huquqiy holati
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
10.2§. Shaharlar va shaharchalar yerlarining huquqiy holati
Shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralaridagi barcha yerlar tegishincha shaharlar va shaharchalarning yerlari jumlasiga kiradi. Shaharlar va shaharchalarning yerlari ushbu kodeksning 6-moddasiga muvofiq yer turlariga bo‘linadi va foydalanish maqsadiga ko‘ra butun shahar va shaharcha bo‘yicha tegishli turlarda hisobga olinadi. SHahar va shaharchalarning yerlari, jumladan ularning ma’muriy chegarasiga kiritilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uy-joy, ijtimoiy va ishlab chiqarish obyektlarini hamda muxandislik kommunikatsiyalarni qurish uchun mo‘ljallanadi. Shahar va shaharchalar qurilishi yerlariga uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-ma’rifiy, sanoat, savdo, ma’muriy va boshqa binolar hamda inshootlar qurilgan yoki shunday bino va inshootlar qurish uchun berilgan hamma yerlar kiradi. Shahar va shaharchalar qurilishi yerlari korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga uy-joy, madaniy-maishiy, sanoat obyektlari qurish va kapital qurilishning boshqa turlari uchun foydalanishga, fuqarolarga esa, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga beriladi. Shahar va shaharchaning qurilish uchun ajratilgan, lekin vaqtincha shu maqsadda foydalanilmayotgan yerlari yengil turdagi obyektlar (savdo chodirlari, do‘konchalar, reklama inshootlari va shu kabilar) qurish va o‘zga ehtiyojlar uchun muddatli (vaqtincha) foydalanishga yoki qisqa muddatli ijaraga belgilangan tartibda berilishi mumkin. Yer uchastkasining yoxud undagi imoratning u yoki bu qismi kommunal xizmatdan (yoritish, kanalizatsiya, gaz bilan ta’minlash, sug‘orish va shu kabilar), yer uchastkasidan foydalanuvchilar, uning ijarachilari, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qiluvchilari va mulkdorlari mustaqil ravishda o‘zicha yoki transportda ko‘chaga kirib-chiqish imkonidan mahrum bo‘lib qoladigan bo‘lsa, yer uchastkasining bo‘linishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Agar yer 126 uchastkasiga xo‘jalik binolari (garaj, otxona, og‘ilxona, omborxona, yerto‘la va shu kabilar) qurish ushbu uchastkada joylashgan yuridik shaxslar yoki uy- joylarda yashovchi fuqarolarning manfaatlariga zarar keltirsa, bunday qurilishni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Shaharlardagi daraxtzorlar egallagan yerlar aholining dam olishini tashkil etishga, shahardagi mikroiqlimni, atmosfyera havosining holatini va sanitariya- gigiena sharoitlarini yaxshilashga, aholining madaniy-estetik ehtiyojlarini qondirishga, shahar hududini suv va shamol yeroziyasidan muhofaza qilishga mo‘ljallanadi. Ular tarkibidagi, daraxtzorlar egallamagan yer uchastkalaridan sport maydonchalari tashkil etish va boshqa ehtiyojlar uchun foydalaniladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling