Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

12.5§. Mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlarning huquqiy holati 
Mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar tushunchasi O‘zbekiston 
Respublikasining Yer kodeksida berilgan. Unga ko‘rsatilishicha
24
, qurolli kuchlar
chegara, ichki ishlar va temir yo‘l qo‘shinlarining xarbiy qismlari, xarbiy o‘quv 
yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining joylashuvi hamda doimiy 
faoliyati uchun berilgan yerlar mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlar deb 
e’tirof etiladi. Demak mudofaa yerlariga davlatimiz qurolli kuchlari faoliyatini 
amalga oshirish, davlat chegaralarini himoya qilish, mudofaa obyektlarini 
joylashtirish, poligonlar, o‘q otar joylari, harbiy shaharchalar, omborxona va shunga 
o‘xshashlarni qurish uchun ajratib berilgan yer uchastkalari taluqli bo‘ladi. 
Mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yerlar asosan O‘zbekiston Respublikasi 
Mudofaa Vazirligi ixtiyorida bo‘ladi. Bundaqy ehtiyojlar uchun berilgan yerlardan 
foydalanish huquqining subyektlari bo‘lib, mamlakatimiz chegara, ichki ishlar va 
temir yo‘l qo‘shinlarining xarbiy qismlari, xarbiy o‘quv yurtlari, korxonalari, 
muassasalari va tashkilotlari hisoblanadilar. 
Mudofaa ehtiyojlari uchun yer ajratib berishni so‘rab murojaat etish huquqiga 
Mudofaa vazirligi, xarbiy okrug qo‘mondonligi, ularning mansabdor shaxslari 
egadirlar. Mudofaa ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan yerlarni hisobi shu yer uchastkasi 
ixtiyorida bo‘lgan vazirlik yoki davlat qo‘mitasi tomonidan olib boriladi. Harbiy 
qismlarning yerdan foydalanishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda faqat yer 
uchastkalarining miqdori va tashqi chegaralari ko‘rsatiladi, ichki yer tuzilishi esa 
ochib berilmaydi. 
Mudofaa ehtiyojlari uchun berilgan yerlar xarbiy qismlar tomonidan faqat 
belgilangan maqsadda, ajratib berish hujjatida o‘rnatilgan tartibda foydalanishligi 
lozim, yerdan foydalanishning aniq belgilangan maqsadini o‘zgartirish mumkin 
emas. Harbiy qismlar qo‘shinning xarbiy tayyorgarligi va xarbiy sirni saqlashga 
ziyon yetkazmagan holda qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanuvchi subyektlarga 
24
O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 69-modda 


143 
poligon, ayerodrom va boshqa obyektlar yerlaridan pichan o‘rish, qishloq xo‘jalik 
ekinlarini ekish, mol boqish uchun yer uchastkalarini foydalanishga berishga 
haqlidirlar. Yer uchastkalari harbiy qismlar tomonidan shu yer joylashgan hokimlik 
ruxsati bilan qishloq xo‘jalik subyektlariga vaqtincha foydalanish uchun beriladi. 
Qishloq xo‘jalik ishlarini olib borish muddati bunday hollarda qishloq xo‘jalik 
subyektlari hamda harbiy qism qo‘mondonligi o‘rtasidagi kelishuvga binoan 
belgilanadi. Shuningdek xarbiy qismlar o‘zlariga berib qo‘yilgan yer uchastkalaridan 
vaqtinchalik yordamchi xo‘jalik yuritish uchun esa qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan 
yerlardan yer uchastkalari ajratib beriladi. 
Mudofaa maqsadlari uchun ajratib berilgan yer uchastkalari fuqarolarga 
(shuningdek xarbiy xizmatchilarga) xizmat davrida foydalanish uchun chek yerlar, 
tomorqa ko‘rinishida ikkilamchi foydalanish uchun berilishi mumkin emas. 
Mudofaa yerlari huquqiy holatining yana bir o‘ziga xosligi shundaki, bu yer 
uchastkalariga nisbatan yopiq zonalar o‘rnatilishi, ya’ni bu yerlarga begonalarning 
kirishi umuman man qilinishi mumkin. Ushbu tartib tegishli xarbiy qo‘mandonlik 
tomonidan belgilanadi va hamma uchun bajarilishi majburiy bo‘ladi.
Mudofaa yerlari huquqiy holatidagi ba’zi o‘ziga xos xususiyatlar urush 
sharoitida kelib chiqishi mumkin. Urush holati e’lon qilingan joylarda davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamma vazifalari mudofaa sohasida jamoat 
tartibi va davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yuqori xarbiy boshqaruvi 
organlari ixtiyoriga o‘tadi. Tegishlicha, harbiy qismlar tomonidan yer uchastkalarini 
egallash harbiy boshqaruv organlari buyrug‘iga binoan amalga oshiriladi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling