Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
1.Muhofaza etiladigan hududlar yerlari mamlakatimiz yer fondida mustaqil
toifani tashkil etib, maxsus belgilangan maqsadda, tegishli vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi; 2.Ushbu toifa yerlar tabiatning tabiiy, estetik, shifobaxsh, madaniyat, arxitektura omillariga ega bo‘lgan hududlarida ajratib beriladi; 3.Muhofaza etiladigan hududlar yerlari xo‘jalik maqsadlarida foydalanilmaydi; 4.Bu toifa yerlardan va uning atrofida joylashgan yerlardan foydalanish va muhofaza etishning alohida huquqiy tartibi belgilanadi. Masalan, kurort zonalari atrofida uning davolash xususiyatiga salbiy ta’sir etuvchi faoliyat bilan shug‘ullanish man etiladi; 5.Bu yerlarni boshqaruvchi organlar turli-tumanligi bilan ajralib turadi. Muhofaza hududlari nafaqat davlat organlari, balki jamoat organlari bilan ham boshqarilishi mumkin; 6.Muhofaza etiladigan hududlar yerlaridan doimiy foydalanuvchi subyektlar bo‘lib faqat korxona, muassasa va tashkilotlar, ya’ni yuridik shaxslar hisoblanadilar. Fuqarolar esa faqat ikkilamchi yerdan foydalanuvchilar bo‘lishlari mumkin; 7.Muhofaza etiladigan hududlar yerlari ijaraga berilishi mumkin emas; 8.Ushbu toifa yerlardan foydalanuvchilar yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinadilar; 9.Muhofaza etiladigan hududlar yerlari davlat mulki hisoblanadi, shuning uchun ular oldi-sotdi qilinishi, garov, sovg‘a, hadya yoki boshqa turdagi ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. 13.2§.Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy- madaniy ahamiyatga molik yerlarning huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 70-moddasida ko‘rsatilishicha, tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar jumlasiga davlat 149 qo‘riqxonalari, milliy va dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, zakazniklar, tabiat yodgorliklariga berilgan yerlari kiradi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling