Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
Nazorat uchun savollar:
1. Nima sababdan sanoat,transport, aloqa,mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar bitta toifaga biriktirilgan? 2. Sanoat maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar tushunchasi nimani anglatadi? 3. Transport maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar tushunchasi nimani anglatadi? 4. Aloqa maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar tushunchasi nimani anglatadi? 5. Mudofaa maqsadlari uchun mo‘ljallangan yerlar tushunchasi nimani anglatadi? 144 6. Sanoat,transport, aloqa,mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar huquqiy holati qaysi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi? XIII BOB. MUHOFAZA ETILADIGAN TABIIY HUDUDLAR YERLARINING HUQUQIY HOLATI 13.1§. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlari tarkibi va huquqiy holati to‘g‘risida umumiy tushuncha va uning umumiy xususiyatlari Muhofaza etiladigan hududlarning yerlari respublika yer fondida mustaqil 2 ta toifani tashkil etib 2020 yining 1 yanvar holatiga ko‘ra umumiy maydoni 746,3 ming gektarni, yoki jami foydalaniladigan yerlarning 1,66 foizini tashkil etadi. Yer kodeksi 25 ga ko‘ra muhofaza etiladigan hududlarning yerlari jumlasiga quyidagilar kiradi: tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; sog‘lomlashtirish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; ommaviy dam olish maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar; tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar. Muhofaza etiladigan hududlar erlaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish va boshqa masalalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyalarida qabul qilingan bir qator ekologik va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi. Masalan : “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida” qonunbning 2- moddasida tabiatni muhofaza qilish ob’ektlari, alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari va ob’ektlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi ifloslanishidan, buzilishidan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, oqilona foydalanmaslikdan muhofaza etilishi lozim. Davlat qo‘riqxonalari, milliy, tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog‘lari, zakazniklar, tabiat yodgorliklari, botanika va zoologiya bog‘lari, dendrariya bog‘lari, shuningdek, xalqaro Qizil kitobga va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan xayvonlar 25 O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi 71-modda 145 hamda o‘simliklar alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari va ob’ektlari jumlasiga kiradi. Kurort va rekreatsion joylar, er usti va er osti suvlari to‘planadigan joylar (daryo vodiylari, adirlar, tog‘ yon bag‘irlari) nodir va qimmatbaho metallar konlari, suv ob’ektlarining sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza etish joylari (mintaqalari, alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlarining qo‘riqlanadigan (burer) joylari, baliqchilik xo‘jaliklari joylashgan erlar, o‘rmonlarni taqiqlangan mintaqalari hamda boshqa joylar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan, xalqaro shartnomalar bilan belgilab qo‘yiladigan tartibda alohida muhofaza etilishi kerak.Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlari bilan alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari va ob’ektlarining o‘zga turlari ham nazarda tutilishi mumkin. Muhofaza etiladigan hududlar yerlaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish va boshqa masalalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sessiyalarida qabul qilingan bir qator ekologik va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi. Masalan : “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 2- moddasida Tabiatni muhofaza qilish ob’ektlari, alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari va ob’ektlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lib, er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera havosi ifloslanishidan, buzilishidan, zararlanishdan, oriqlab ketishdan, vayron bo‘lishdan, yo‘q bo‘lib ketishdan, oqilona foydalanmaslikdan muhofaza etilishi lozim. Davlat qo‘riqxonalari, milliy, tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog‘lari, zakazniklar, tabiat yodgorliklari, botanika va zoologiya bog‘lari, dendrariya bog‘lari, shuningdek, xalqaro Qizil kitobga va O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan xayvonlar hamda o‘simliklar alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari va ob’ektlari jumlasiga kiradi. Kurort va rekreatsion joylar, er usti va er osti suvlari to‘planadigan joylar (daryo vodiylari, adirlar, tog‘ yon bag‘irlari) nodir va qimmatbaho metallar konlari, suv ob’ektlarining sohilbo‘yi mintaqalari va suvni muhofaza etish joylari (mintaqalari, alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlarining qo‘riqlanadigan 146 (burer) joylari, baliqchilik xo‘jaliklari joylashgan erlar, o‘rmonlarni taqiqlangan mintaqalari hamda boshqa joylar O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan, xalqaro shartnomalar bilan belgilab qo‘yiladigan tartibda alohida muhofaza etilishi kerak. Mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining qarorlari bilan alohida muhofaza qilinadigan tabiat hududlari va ob’ektlarining o‘zga turlari ham nazarda tutilishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 1 aprelda qabul qilingan № 95 sonli “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat kadastrini yuritish to‘g‘risida” Nizomiga ko‘ra mazkur toifa erlarning alohida davlat kadastrini yuritish tartibi mavjud bo‘lib, ushbu Nizom talablari asosida ham amalga oshiriladi. SHuningdek, mazkur qonunlar jumlasiga : “Suv va suvdan foydalanish”, “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar”, “Yer osti boyliklari”, “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish”, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish”, “Atmosfera havosini muhofaza qilish”, “Yer kodeksi”, “Davlat yer kadastri”, “O‘rmon to‘g‘risida” va boshqa qonunlarni ham kiritish mumkin. Mazkur toifa yerlari alohida xususiyatga ega bo‘lib, undan foydalanish, muhofaza qilish, bir toifasidan ikkinchi toifasiga o‘tkazishda, ekologik , estetik va sotsial-iqtisodiy muammolarni hal etishda aloxida maxusus huquqiy tartibga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi qonunining 4 moddasiga asosan : “Erning va (yoki) suv kengliklarining (akvatoriyalarning) ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, rekreatsiya va sanitariya-sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik bo‘lgan, xo‘jalik maqsadidagi doimiy yoki vaqtincha foydalanishdan to‘liq yoki qisman chiqarilgan uchastkalari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar hisoblanadi. Muhofaza etiladigan hududlar va alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlari tushunchalarini bir xilda tushunish uncha to‘g‘ri emas. Chunki muhofaza etiladigan hududlar tushunchasiga shu maqsadlarga ajratib berilgan yer uchastkalaridan tashqari suv kengliklari (akvatoriyalar), baliq xo‘jaligi tegralari, sharsharalar va boshqalar ham kiradi. Demak, muhofaza etiladigan hududlar tushunchasi shu hududlar yerlari 147 tushunchasidan ancha kengdir. Ammo, shuni ta’kidlash joizki, muhofaza etiladigan hududlardagi suv kengliklari, sharsharalar, boshqa suv yoki o‘simlik bilan qoplangan hudular ham shu hududlar yerlarining tarkibiy qismini tashkil etadi, yoxud suv yoki o‘simlik bilan qoplangan hududlar ham yer fondi toifasiga kiritiladi (masalan, suv fondi yerlarini suv bilan qoplangan va suv bilan qoplanmagan yerlar, o‘rmon fondi yerlarini o‘rmon bilan qoplangan va o‘rmon bilan qoplanmagan yerlar tashkil etadi). Shu jihatdan qaraganda muhofaza etiladigan hududlar va alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlari bir xil ma’noni beradi deb tushunish ham mumkin. Muhofaza etiladigan hududlar deganda yerlar va suv kengliklari (akvatoriyalar)ning ustuvor ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik qismlari tushuniladi. Muhofaza etiladigan hududlar deb atalashining asosiy sababi shundaki, bu hududlar noyob o‘simlik va xayvonot dunyosini, minyeral suvlar hamda tabiat yodgorliklarini saqlash uchun o‘ta ekologik, ilmiy, madaniy, estetik, sanitariya sog‘lomlashtirish ahamiyatiga egadir. Muhofaza etiladigan hududlar yerlari deganda esa davlatning tegishli organlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya, tarixiy-madaniy maqsadlar uchun ajratib berilgan yer maydonlari tushuniladi 26 . Muhofaza etiladigan hududlar yerlarining huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi, «Tabiatni muhofaza etish to‘g‘risida»gi qonunlari hamda Davlat qo‘riqxonalari, Davlat milliy tabiat bog‘lari, Davlat buyurtma qo‘riqxonalari, Davlat tabiat yodgorliklari, botanika bog‘larining Nizomlarida belgilangan. Ushbu normativ hujjatlar alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlarini berish tartibi, foydalanish maqsadlari, muhofaza etish chora-tadbirlari, yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, ushbu toifa yerlarni boshqarish kabi masalalarni tartibga soladi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar yerlarining huquqiy holati ushbu hududlardan foydalanish va ularni muhofaza etish maqsadlari hamda vazifalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlardan foydalanish 26 Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida» qonun Toshkent 03.12.2004-yil 148 va muhofaza etish maqsadlari davlat qo‘riqxonalari, milliy bog‘lar, botanika bog‘lari, kurortlar, zakazniklar va boshqalarning Nizomlarida belgilangan bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda alohida muhofaza etiladigan hududlar yerlarining huquqiy holatidagi o‘ziga xos xususiyatlarni quyidagilarda ko‘rish mumkin: Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling