Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Fuqarolarga jamoa sabzavotchiligi va polizchiligi uchun berib qo‘yilgan


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

11.2§. Fuqarolarga jamoa sabzavotchiligi va polizchiligi uchun berib qo‘yilgan 
yer uchastkalaridan foydalanishning huquqi 


132 
Yer kodeksida belgilanishicha shaharlar va posyolkalarda yashovchi, dehqon 
xo‘jaligi yuritish uchun tomorqa yer uchastkalariga ega bo‘lmagan fuqarolarga 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning iltimosnomasiga binoan jamoa 
bog‘dorchiligi va uzumchiligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod 
egalik qilishga yoki jamoa polizchiligi uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkasi 
tuman hokimi tomonidan beriladi. 
Yer kodeksining 19-moddasida fuqaroning yer uchastkasidan meros qilib 
qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asoslari belgilangan bo‘lib, ulardan biri 
jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi yuritish uchun yer uchastkasiga egalik qilishdir. 
20-moddada esa yer uchastkasidan muddatli (vaqtincha foydalanish) huquqi asoslari 
ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra yer uchastkalari qishloq xo‘jaligi yuritish uchun 
vaqtincha foydalanishga berilishi mumkin.
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritish uchun fuqarolarga 
yer berish jarayoni muhim ahamiyatga ega. Yer berish jamoa bog‘dorchiligi, 
uzumchiligi va polizchiligi yuritishni keltirib chiqaruvchi asosiy vosita bo‘lib, bu 
jarayon quyidagi bosqichlardan iborat: 

Dastlabki bosqich yer berilishini so‘rab ariza berishdir; 

Ikkinchisi, ushbu arizani vakolatli davlat organida ko‘rib chiqish; 

Uchinchisi, yer berish to‘g‘risida qaror chiqarish; 

To‘rtinchisi, natura tartibida yer uchastkasini joyida yer tuzilishiga asosan 
ajratib berishdan iborat. 
Jamoa bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi yuritish uchun yerdan 
foydalanish o‘z-o‘zidan kelib chiqmasdan, balki belgilangan tartibda, yer berish 
jarayoni orqali amalga oshiriladi. Yer uchastkasidan natura holida ajratib berilgandan 
so‘nggina foydalanish mumkin. Aks holda yerdan g‘ayriqonuniy ravishda 
foydalanilgan hisoblanadi.
Ajratib berilayotgan yer uchastkasi joylashgan tuman hokimigina jamoa 
bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalarini ajratib 
berish to‘g‘risida qaror chiqarishga huquqlidir. Qayd etish kerakki, jamoa 
bog‘dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga yer 


133 
uchastkalarini 
berish 
yer 
tuzuvchi 
tashkilotlar 
tomonidan 
berilgan 
yer 
uchastkalarining chegaralarini shu joyning o‘zida borib o‘lchab berganlaridan keyin 
yerga egalik va undan foydalanish huquqini tasdiqlaydigan davlat hujjati berilgandan 
so‘nggina to‘la qonuniy hisoblanadi. 
Yer kodeksi 56-moddasining 2-qismiga binoan, jamoa bog‘dorchiligi, 
uzumchiligi va polizchiligi tashkil etish uchun fuqarolar bog‘dorchilik uzumchilik 
yoki polizchilik shirkatlariga birlashadilar. Ularning faoliyat turlari, tashkil etilish 
tartibi, huquq va majburiyatlari, faoliyat asoslari, mahsulotni realizatsiya qilish tartibi 
kabilarni belgilovchi qoidalar O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonun osti 
hujjatlarida belgilangan. 
Yer kodeksining 23 moddasi 4-qismiga binoan, jamoa polizchiligi uchun 
ajratiladigan yer uchastkalari quyidagi o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘dorchilik va 
uzumchilik uchun ajratiladigan yer uchastkalaridan farq qiladi: 

mazkur yer uchastkalari vaqtincha foydalanish uchun beriladi; 

suv resurslari hamda ularga limit ajratish imkoniyati mavjud bo‘lishi lozim; 

yaqin yillar ichida boshqa maqsadlarda foydalanishga mo‘ljallangan zahira 
yerlardan va o‘rmon fondi yerlaridan, ya’ni o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun 
berilgan yerlardan ajratiladi; 

mazkur yer uchastkalari noqishloq xo‘jalik korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlarining vaqtincha foydalanilmayotgan yerlaridan, bunday yerlar mavjud 
bo‘lmagan taqdirda esa – qishloq xo‘jaligi korxonalari, muassasalari hamda 
tashkilotlarining unumdorligi past yerlaridan, ammo polizchilik uchun qulay bo‘lgan 
yerlardan ajratib beriladi. 
Bunda jamoa polizchiligi uchun berilgan yer uchastkalarida uy-joy binolari va 
boshqa kapital inshootlar, ya’ni korxonalar qurish taqiqlanadi. Faqatgina, jamoa 
polizchiligi uchun yer uchastkasini bergan tegishli tuman hokimi vaqtinchalik 
imoratlar va inshootlarni qurishga ruxsat berishi mumkin. Tegishli tuman hokimining 
ruxsati bilan bog‘dorchilik-uzumchilik shirkatining har bir a’zosiga 0,06 gektargacha 
va polizchilik shirkatining har bir a’zosiga 0,08 gektargacha o‘lchamda yer 
uchastkasi quyidagi xususiyatlarni hisobga olgan holda berilishi mumkin: 


134 

mazkur yer uchastkalarida ko‘chalar ochish uchun; 

ushbu yer uchastkalarida jamoat imoratlari va inshootlar qurish zarurligi 
natijasida belgilanishi mumkin. 
Jamoa bog‘dorchiligi uchun berilgan yerlardan foydalanish yordamchi 
ahamiyatga ham ega. Chunki jamoa bog‘dochiligi a’zolari bu faoliyatdan tashqari 
boshqa asosiy faoliyat bilan ham shug‘ullanadilar. Bunda ular o‘zlarining turli 
shaxsiy ehtiyojlarini jamoa bog‘dorchiligi yuritish orqali qondirishlari mumkin 
bo‘ladi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling