Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Nazorat uchun savollar: 
1. Yer tuzish tushunchasi nimani anglatadi? 
2. Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yer tuzish nechta hilga 
bo‘linadi? 
3. Istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish o‘z ichiga qanday harakatlarni oladi? 
4. Xo‘jaliklararo yer tuzish o‘z ichiga qanday harakatlarni oladi? 
5. Ichki xo‘jalik yer tuzish o‘z ichiga qanday harakatlarni oladi? 
6. Yer tuzish tadbirlarining bir-biridan farqi nimada? 
 
V BOB. DAVLAT YER KADASTRINI YURITISHNING HUQUQIY TARTIBI 
5.1§. Davlat yer kadastri tushunchasi 
“Kadastr» lotincha so‘z bo‘lib, «soliqqa tortiladigan ashyolar ro‘yxati» degan 
ma’noni anglatadi. Dastlab kadastr yer solig‘i manbaiga doir kitob (restr) sifatida 
tushunilgan, keyinchalik u davlatning hisobga olish-baholash tadbirlari tizimini 
ifodalaydigan bo‘ldi. 
Har bir mamlakatda kadastr rivoji o‘z sharoitlari va an’analariga asoslanadi, 
shuning uchun jahonda aynan bir xil kadastr tizimini topish mumkin emas. Shunisi 
qiziqki, mamlakatimiz hududida o‘tgan asrda shariatda qabul qilingan «temir daftar» 
tyermini ham kadastr tushunchasiga to‘g‘ri keladi. 
Davlat yer kadastriga tegishli barcha munosabatlar 1998 yil 28 avgustda qabul 
qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi qonuni va 


75 
boshqa bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston 
Respublikasining «Davlat yer kadastri to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasiga binoan 
davlat yer kadastri davlat kadastrlari yagona tizimining asosiy tarkibiy qismi 
hisoblanib, u yerlarning tabiiy, xo‘jalik, huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat
xususiyatlari va qimmati, yer uchastkalarining o‘rni va o‘lchamlari, ularni yer
egalariga, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘rtasida taqsimoti 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda hujjatlar tizimidan iboratdir. 
Davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining hisobga olinishini, tuproq 
bonitirovkasini, yerlarning qiymat bahosini, shuningdek yer kadastriga doir 
axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilanib turilishini o‘z ichiga oladi. 
Davlat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni
muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish va ularni olib qo‘yishda yer uchun
to‘lanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini o‘tkazishda, 
xo‘jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza 
qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tadbiq
etiladi. 
Yer uchastkalarining joylashgan o‘rni va o‘lchamlari to‘g‘risidagi kadastr 
hujjatlarida yer egasining (yerdan foydalanuvchining, mulkdorning) ismi-sharifi
yerning mulk shakli, kadastr raqami, yer uchastkasiga oid huquqning ro‘yxatga olish 
sanasi, egalik huquqiga oid hujjatlarning berilish sanasi, yer uchastkasidan 
foydalanish, foydalanishning muddatliligi, yer berilishining maqsad-vazifasi, yer 
uchastkasi chegarasining burilish nuqtalari o‘rni ko‘rsatilgan sxemasi, yondosh yer 
uchastkalarining ta’rifi, servitutlar, yer uchastkasidan foydalanishdagi cheklashlar
yer uchastkasining holatini tavsiflovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari, uning
iqtisodiy bahosi ko‘rsatiladi. 
Yer kadastrini yuritish faqat hozirgi lahzaga oid ma’lumotlarni qayd 
qilishdangina emas, balki yer kadastri ma’lumotlari va axborotlarini uzluksiz 
yangilab turishdan iboratdir.


76 
Yer kadastri ma’lumotlarining katta hajmliligi va turfa xilligi topografo-
geodeziya va tuproqqa oid katta hajmdagi turli tekshirish va izlanishlar olib borishni
taqozo qiladi. 
Yer kadastrning barcha bo‘limlarida ma’lumotlar obyektiv va ishonchli 
bo‘lishi uchun yerning faktik holati va undan foydalanishga mos bo‘lishi kerak. Yer 
kadastrning ishonchliligi va obyektivligi, yer kadastri ma’lumotlarining zamonaviy 
darajada bo‘lishi kadastr ishlarining uzluksizligi orqali ta’minlanadi.
Yer kadastri axborotini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda 
takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli 
va tejamli yer kadastri axboroti berish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari 
hisoblanadi. 
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat 
hokimiyati va boshqaruv organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer 
to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash, yerdan oqilona foydalanishni, qayta tiklash va 
muhofaza qilishni, yer tuzilishini tashkil etish, yer uchun haq to‘lash miqdorlarini 
asoslash, xo‘jalik faoliyatini baholash uchun mo‘ljalanadi. 
Qonunchilik hujjatlariga ko‘ra davlat yer kadastri yer uchastkalariga bo‘lgan 
xuquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini, yerlarning miqdori va sifatining 
xisobga olinishini, tuproq bonitirovkasini, yerlarning qiymat baxosini, shuningdek 
yer kadastriga doir axborotlar bir tizimga solinishi, saqlanishi va yangilab turilishini 
o‘z ichiga oladi
15
. “Davlat yer kadastri to‘g‘risida” qonunning 4-moddasida yer 
kadastrini yuritishning quyidagi asosiy tamoyillari belgilab berilgan. 
- mamlakatning butun hududini to‘la qamrab olish; 
- fazoviy koordinatalarning yagona tizimini qo‘llash; 
- yer kadastriga doir axborotlar ishlab chiqish uslubiyotining birligi; 
- yer kadastriga doir axborotlarning to‘g‘ri bo‘lishi. 
Davlat yer kadastri ma’lumotlari asosiy (dastlabki) va joriy ma’lumotlarga 
bo‘linadi. Dastlabki ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida olingan ma’lumotlar va davlat yer 
kadastrining dastlabki ma’lumotlarini tuzish asosiy (dastlabki) axborot hisoblanadi. 
15
 
15
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida” qonunning 3-moddasi 


77 
Davlat yer kadastri ma’lumotlarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish yoki o‘zgartirish 
jarayonida olingan ma’lumotlar joriy axborot hisoblanadi. 
Davlat yer kadastrini yuritish ishlari davlat budjetidan, shuningdek yer 
uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olganlik uchun undiriladigan 
mablag‘lar va boshqa manbalar hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling