Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Davlat yer kadastrining mazmuni


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

5.2§. Davlat yer kadastrining mazmuni 
Davlat yer kadastrining mazmuni deganda yer uchastkalari bo‘yicha kadastriga 
taluqli harakatlar turlari tushuniladi. Shu boisdan davlat yer kadastrini yuritish 
deganda: 
a) yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
b) yer miqdori va sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash);
v) yerni qiymat jihatdan baholash; 
g) yer kadastri axborotini tizimlashtirish, saqlash, yangilab turish kabi harakatlar 
jamlanmasi tushuniladi. 
Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Yer 
uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 2018 yil 29 dekabrda qabul qilingan 
“Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida ” 1060--son qarori bilan 
tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom”da belgilab berilgan. Unga ko‘ra yuridik va 
jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlarini 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri er tuzish 
va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiallari 
(keyingi o‘rinlarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ deb ataladi) davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazadi. 
Ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi 
organning rahbari tomonidan tayinlanadigan mas’ul shaxslar (keyingi o‘rinlarda 
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi deb ataladi) tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.


78 
Ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquq 
hamda ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan boshqa ashyoviy huquqlar, shu jumladan 
ushbu huquqlar va ular bilan bog‘liq bitimlarning vujudga kelishi, boshqa shaxsga 
o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishi haqidagi axborot 2019 yil 1 fevraldan boshlab, 
axborot-kommunikatsiya tizimlari vositasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga 
mahalliy davlat hokimiyati organlari, notarial idoralar, O‘zbekiston Respublikasi 
Qurilish vazirligining hududiy bo‘linmalari, shuningdek boshqa vakolatli organlar 
tomonidan tegishli harakatlar sodir etilgan kundan boshlab bir kun muddatda taqdim 
etiladi. 
Bunda ko‘chmas mulk ob’ektlari 
bo‘yicha 
kadastr 
hujjatlari 
arxivini 
shakllantirish 
maqsadida 
ro‘yxatga 
oluvchi 
organlar ko‘chmas mulk
ob’ektlariga nisbatan qaror qabul qilingandan keyin bir hafta muddatda davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarga ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqni 
tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini yuboradi. 
2019 
yil 

sentyabrdan 
boshlab 
Toshkent 
shahrida 
joylashgan ko‘chmas mulkka, 2020 yil 1 yanvardan boshlab esa Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va viloyatlarda joylashgan ko‘chmas mulkka nisbatan notarial 
harakatlar 
asosida 
vujudga 
keladigan mulk huquqi 
va 
boshqa 
ashyoviy huquqlar haqidagi ma’lumotlar Reestrga faqat notarius orqali taqdim etilgan 
talabnomaga asosan elektron shakldagi kadastr pasportini tayyorlash yakunlari 
bo‘yicha notariuslar tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalangan holda (ko‘chmas mulk bilan bitim tasdiqlanishidan avval) huquq egasini 
o‘zgartirish shaklida kiritiladi va bir vaqtning o‘zida Reestrdan ko‘chirma beriladi; 
2020 yilning 1 yanvaridan boshlab qurilgan uy-joyga mulk huquqini hamda 
qonun asosidagi ipotekani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun uy-joyni foydalanishga 
qabul qilib olish dalolatnomasi va boshqa zarur hujjatlar tijorat banklari tomonidan 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar er tuzish 
va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tuman (shahar) filiallariga 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuboriladi; 


79 
2020 
yil 

yanvardan 
boshlab ko‘chmas mulk ob’ektini 
«E-IJRO 
AUKSIO№» yagona elektron savdo maydonchasida auksion orqali sotish (davlat 
aktivlari qismida) va rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish natijasida vujudga keladigan 
unga bo‘lgan huquqlarni 
davlat 
ro‘yxatidan 
o‘tkazish 
uchun 
zarur bo‘lgan ma’lumotlar tegishlicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va 
rieltorlik tashkilotlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi 
organlarga 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalangan 
holda 
yuboriladi; 
Reestrdan ko‘chirma Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, rieltorlik 
tashkilotlari va tijorat banklari tomonidan mulkdorning xohishiga ko‘ra elektron va 
(yoki) 
qog‘oz shaklida ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlar va qonun 
asosidagi ipoteka davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ushbu bandda nazarda 
tutilgan muddatlarda beriladi. 
Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni tashkilotlarning ma’lumotlari 
asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ko‘chmas mulk uchun ko‘chmas mulk
ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida ariza talab 
etilmaydi. Kadastr yig‘majildini birlamchi shakllantirishda ko‘chmas mulk ob’ektlari 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ tomonidan joyga chiqib xatlovdan o‘tkaziladi. 
Kadastr yig‘majildini shakllantirish natijalari bo‘yicha kadastr pasporti beriladi. 
Kadastr pasportini berish tartibi va shakli O‘zbekiston Respublikasi Er 
resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi tomonidan 
belgilanadi. 
Ko‘chmas mulk ob’ektini texnik xatlovdan o‘tkazish davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazuvchi organ tomonidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning buyurtmasi asosida 
amalga oshiriladi. Buyurtmalar Internet tarmog‘i yoki Davlat xizmatlari markazlari 
orqali qabul qilinadi. 
Ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquq turi yoki egasi o‘zgarganda, kadastr 
yig‘majildi 
faqat ko‘chmas mulk ob’ekti mulkdorining 
so‘roviga 
ko‘ra 
shakllantiriladi. 


80 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling