Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


§. Istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalaash oldidan o‘tkaziladigan yer


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

4.2§. Istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalaash oldidan o‘tkaziladigan yer 
tuzishning huquqiy tartibi 
Yer kodeksida istiqbolga mo‘ljallangan va loyihalaash oldidan o‘tkaziladigan 
yer tuzish ishlari alohida-alohida yer tuzish turi qilib belgilangan bo‘lsada, amalda bu 
turdagi ishlarda bir xildagi tadbirlar amalga oshiriladi. Yer kodeksining 12-
moddasiga ko‘ra istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish ishlariga quyidagilar kiradi: 

Respublika bo‘yicha yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularni 
muhofaza qilish bosh rejasini ishlab chiqish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va tumanlarning yer-suv 
resurslaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish rejalarini ishlab 
chiqish; 

tuproqlar unumdorligini saqlash, tiklash va oshirish va yerlardan oqilona 
foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq istiqbol rejalarini, davlat 
dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish; 


69 

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning joylashishini asoslash va 
chegaralarini belgilash bo‘yicha matyeriallar tayyorlash.
Istiqbolga 
mo‘ljallangan yer tuzishda yer uchastkalari joylashgan 
hududlarining o‘lchami (mamlakat, viloyat yoki tumanlar)dan qat’iy nazar tadbirlar 
yaqin yoxud uzoq kelajakda amalga oshirilishi belgilanadi. Bunda hali loyihalash 
ishlari mo‘ljallanmaydi. Bu tadbirlarda yer tuzish ishlari istiqboli bashorat qilinadi. 
Viloyatlararo, tumanlararo, tuman yoki shaharlar doirasida ma’muriy-hududiy 
o‘zgarishlar, yerdan foydalanuvchi va yer egalarini qayta tashkil etish, barham 
toptirish, qo‘shib yuborish va boshqa shunga o‘xshash ishlar loyihalashtiriladigan 
bo‘lsa, bu ishlarni amalga oshirishdan oldin yer tuzish ishlari bajariladi. Demak, 
yuqorida aytilgandek biror-bir loyiha mo‘ljallangan bo‘lsa, undan oldin loyihalash 
oldidan yer tuzish ishlari amalga oshiriladi. Mana shu jihati bilan loyihalashdan oldin 
amalga oshiriladigan yer tuzish ishlari istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzishdan farq 
qiladi. 
Mamlakat va uning mintaqalarining yer-suv resurslaridan foydalanish hamda 
ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqish va tumanlar va viloyatlarning yer 
tuzilishi chizmalarini ishlab chiqish istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish ishlarining 
ma’muriy hududiy miqyosida amalga oshirilishidir. 
Istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish ishlari amalga oshirilganda mamlakat va 
mintaqalar bo‘yicha yer zahiralaridan foydalanish, ularni muhofaza qilish, yer bilan 
bog‘liq tashkiliy-xo‘jalik hamda ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar hajmi, muddati, tuproq 
unumdorligini saqlash va oshirish, yerlardan oqilona foydalanish kabi masalalarni 
yechish maqsad qilib qo‘yiladi. 
Istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish ishlarida tayyorlanadigan hujjatlar dastur,
loyiha, chizma deb ataladi. 
Istiqbolga mo‘ljallangan yer tuzish hujjatlaridagi tadbirlarning bajarilish 
muddati 10 yildan kam bo‘lmasligi kerak. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling