Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- III BOB.YERGA MULKCHILIK VA YERDAN FOYDALANISH HUQUQI 3.1 §. Yerga nisbatan mulkchilik tushunchasi
Nazorat uchun savollar:
1.Yer huquqi tushunchasi nimani anglatadi? 2.Yer huquqining me’yorsi tushunchasi nimani anglatadi? 3.Yer huquqi me’yorlari guruxlari nimalardan tashkil topgan? 4.Ta’sir etish kuchi bo’yicha yer huquqi me’yorlari necha xilga bo‘linadi? 7. Yer munosabatlarini tartibga soluvchi qonun hujjatlari tizimi nimalardan tashkil topgan? 8. Konstitutsiyaning qaysi moddalarida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish bilan bog‘liq talablar belgilangan? 9. Qonunlar tartibga solish kuchiga bo‘yicha qanday xillarga bo‘linadi? 35 10. Yer huquqining maxsus ahamiyatidagi qonunlari tarkibiga qaysi qonunlar kiradi? 11. Yer huquqining muhofaza ahamiyatidagi qonunlari tarkibiga qaysi qonunlar kiradi? 12. Qonun osti normativ hujjatlarining yer munosabatlarini tartibga solish sohasidagi ahamiyati nimada? 13. Qonun va qonun osti me’yoriy hujjatning farqi nimada? 14. Maxsus ahamiyatidagi qonunlari asosiy vaziqasiga nimalar kiradi? III BOB.YERGA MULKCHILIK VA YERDAN FOYDALANISH HUQUQI 3.1§. Yerga nisbatan mulkchilik tushunchasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga asosan umummilliy boylik hisoblanadigan tabiiy resurslar ichida yer o‘ziga xos maqomga ega, chunki u insoniyat uchun o‘ta muhim bo‘lgan bir nechta vazifalarni bajaradi, ulardan birinchisi fuqarolarning yashashi uchun makon hamda yuridik shaxslarning hududiy joylashuv asosi bo‘lib hisoblanadi. SHu sababli har qanday sharoitda va davrda yerdan oqilona, samarali va to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish xalqning farovonligiga, turmush darajasining yaxshilanishiga xizmat qiladi. Ayniqsa hozirgi sharoitda yerdan foydalanish bilan bog‘liq huquqiy munosabatlarni tartibga solishni muntazam ravishda takomillashtirish hamda sohadagi huquqiy bazani yangilab borish, uni rivojlantirish davr talabiga aylandi. Mustaqillik yillarida respublikamiz bozor munosabatlariga chuqurroq kirib borgani sari bir paytlar davlatning mutloq monopol huquqi ostida bo‘lgan ob’ektlar fuqarolik muomalasiga kiritila boshlandi. Mamlakatimizda yer-huquqiy islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilib, bugungi kunda “yer uchastkalarini xususiylashtirish” masalasi O‘zbekiston qonunchiligining eng dolzarb masalalaridan biriga aylandi. Buning asosiy sababi mamlakatimizda yer uchastkalarining fuqarolar va yuridik shaxslar tomonidan xususiylashtirishi uchun ijtimoiy-siyosiy vaziyatning etilganlganidir. 36 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir deb qayd etilgan. O‘zbekistonning asosiy qonuni yerlarga nisbatan mulk huquqi masalasini ularni umummilliy boylik deb tan olish yo‘li bilan hal etgan. Yer uchastkalari O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida ko‘chmas mol-mulk turlari qatoriga kiritilgan (83-modda). Yerni bir joyda ko‘chmas mulk, boshqa joyda esa bizni o‘rab turgan tabiiy muhitning tarkibiy qismi deb atash mumkin. Bu esa yerlarni ham ekologik, ham iqtisodiy belgilari mavjudligini anglatadi. Yer bir vaqtning o‘zida ham tabiiy obyekt, ham mulk bo‘lib qolavyeradi va uni atrof muhitdan ajratib bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yer resurslariga nisbatan mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyasida, fuqarolik kodeksida, O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida, Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida qonunlarida va yer kodeksida belgilangan. Mulk huquqi yerlar kimga tegishliligini va mulkdorlarning tabiiy resurslarga nisbatan vakolatlarini anglatadi. Yerga nisbatan mulk huquqi uni egalik qilish, foydalanish hamda tasarruf etish jarayonlarida namoyon bo‘ladi. Yerlar O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlariga muvofiq davlat mulki hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 214- moddasiga muvofiq yerlar respublika mulki hisoblanadi fuqarolik kodeksining 214- moddasi ikkinchi qismiga asosan respublika mulki bo‘lgan mol-mulkni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi hukumati yoki ular tomonidan maxsus vakil qilingan organlar, agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tasarruf qiladilar. Fuqarolik kodeksning 170-moddasi yerga va boshqa tabiiy resurslarga bo‘lgan mulk huquqini fuqarolik kodeksi bilan birgalikda boshqa qonunlarda ham belgilanishini ko‘zda tutadi. Mulk huquqi keng ma’nodagi ashyoviy huquq bo‘lib, huquq egasiga, ya’ni mulkdorlarga “o‘ziga tegishli bo‘lgan mulklardan foydalanish mazmuni va Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling