Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


qilinib jamiyatdagi eng muxim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

qilinib jamiyatdagi eng muxim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga 
solishda ularning hududiy xususiyatlarini xisobga oluvchi rasmiy hujjat degan 
ta’rifni berish mumkin 
Yer huquqining qonun osti normativ hujjatlari ham murakkab tizimga ega 
bo‘lib, yerga oid me’yorlar doirasi, qo‘llanilishi tartibi, amal qilish muddati, hamda 
markaziy va maxsus davlat boshqaruv organlari, maxalliy davlat hokimiyat organlari 
tomonidan qabul qilinishi ahamiyatiga ko‘ra quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: 
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari; 
2.Vazirlar Maxkamasining qarorlari; 
3.Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining normativ hujjatlari (qaror, 
nizom, yo‘riqnoma, tartib,, standart va boshq.); 
4.Maxalliy davlat hokimiyat organlarining normativ hujjatlari. 
Ushbu tizim tarkibiga kirgan hujjatlarni qabul qilinishi maqsadlari quyidagicha
4


O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida 
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi 
4
O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Normativ huquqiy hujjatlar tog’risida” 


34 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining va 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq qarorlar shaklida 
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. 

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar 
va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va 
yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda 
qarorlar bilan tasdiqlanadi. 

Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun 
qabul qilinadi. 

Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qarorlar 
shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati 
organlarining 
normativ-huquqiy 
hujjatlari 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston 
Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
shuningdek yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari 
asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling