Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
Muhofaza
ahamiyatidagi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari quyidagilardan iborat: 1. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (1994 yil 22 sentyabr); 2. O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (1994 yil 22 sentyabr); 3. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (1996 yil 29 avgust): 4. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (2007 yil dekabr); 5. O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (1995 yil 21 dekabr). Ushbu qonun hujjatlari ham yerga doir qoida talablarni belgilagan holda yer huquqidagi maxsus qoida-talablar bilan bog‘liq ravishda yer qonunchiligini buzganlik uchun intizomiy, ma’muriy, jinoiy, fuqarolik-huquqiy javobgarlikni qo‘llash, yerdan foydalanganlik uchun soliq va turli to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga soladi. 33 2.4§. O‘zbekiston Respublikasi qonun osti normativ hujjatlari yer huquqining manbasi sifatida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi va qonunlarida yer munosabatlarini tartibga solish bilan bog‘liq tamoyillar va talab-qoidalar belgilab berilgan bo‘lib ular katta miqdordagi sub’ektlarga qaratilgani uchun ularda hududlarning xususiyatlari va sharoitlarini hisobga olishning iloji yo‘q. SHu sababli yer huquqining manbalari tizimida qonun osti normativ hujjatlarining tutgan o‘rni beqiyosdir. Qonun osti normativ hujjatlarining asosiy maqsadi va vazifasi, konstitutsiyaviy tamoyillar, qonunlarda belgilangan maxsus qoida-talablarni amalda qo‘llanilishini osonlashtirish, ma’muriy hududlarning tabiiy holati asosida normativ qoida-talablarni belgilash, ularning hayotiyligini ta’minlash va asosiy qoida-talablarni barcha yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazishdan iborat bo‘ladi. Demak qoun osti hujjatiga, vakolatli davlat xokimiyat organi yoki mansabdor shaxs tomonidan qabul Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling