Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


II BOB. YER HUQUQI MANBALARI


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

 
II BOB. YER HUQUQI MANBALARI 
2.1. Yer huquqi manbalari tushunchasi va ularning tasnifi 
Har bir fan, huquq sohasi o‘z manbalariga ega bo‘lib, ushbu manbalar asosida 
rivojlanganidek, mamlakatning oliy vakillik organi hamda vakolatli idoralari 
tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar yer huquqining manbalari 


28 
bo‘lib hisoblanadi. Yer huquqining manbalari deganda yerga oid huquqiy 
munosabatlarni tartibga soluvchi qoida talablardan iborat bo‘lgan, yerdan oqilona 
foydalanish va uni muxofaza qilish, tuproq unumdorligin tiklash va oshirish, tabiiy 
muxitni asrash va uni muxofaza qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning yer 
uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash bilan bog‘liq ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solishda xizmat qiladigan normativ-huquqiy xujjatlar 
tushuniladi. O’z navbatida normativ-huquqiy hujjat tushunchasi O‘zbekiston 
Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjat to‘g‘risida” qonunining 3-moddasida 
keltirilgan bo‘lib “umum majburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni 
belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat” degan 
ta’rifga ega.Yer huquqining manbasi sifatida qaralayotgan normativ-huquqiy hujjat 
bir qator talablarga javob berishi kerak [13]. 
 
2-rasm. Normativ-huquqiy hujjatga qo’yiladigan talablar 
Yer munosabatlarini tartibga soluvchi konstitutsiyaviy qoidalar, O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar 
Maxkamasining farmon va qarorlari, Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlari 
hamda maxalliy davlat hokimiyat organlarining normativ hujjatlari yig‘indisi yerga 
oid qonunchilik hujjatlari tizimini tashkil etadi. Yer huquqining manbalari keng 
qamrovli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishi uchun ham ularni quyidagicha 
tasniflash mumkin: 
1. Yuridik kuchi bo‘yicha manbalar qonunlar va qonun osti normativ-huquqiy 
hujjatlarga bo‘linadi. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling