27
muhofaza etilishi (55-modda) kerakligi belgilangan [1]. Yer fondini davlat
boshqaruvi, yer qonun hujjatlarini ma’muriy-huquqiy
tartibda buzganlik uchun
aybdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish soxasidagi yer huquqiy munosabatlarni
tartibga solishda yer huquqi ma’muriy huquq normalaridan foydalanadi.
Yer huquqi huquq tizimining zabardast tarmog‘i bo‘lgan fuqarolik huquqi bilan
chambarchast bog’liq. Ushbu ikki huquq tarmog’ining bir biri bilan bog‘liq bo‘lishi
negizida yer va fuqarolik munosabatlari ijtimoiy-iqtisodiy
tabiatining umumiyligi
yotadi. Yer munosabatlarining ayrimlari mulkiy munosabatlar bo‘lganligi uchun
fuqarolik munosabatlari bilan qondosh xisoblanadi.
Yer huquqi ekologiya huquqi bilan ham chambarchas bog‘liqdir. Shu o‘rinda
aytish lozimki, yer huquqining mustaqil huquq tarmog‘i
sifatida tan olinishi
shakllanib kelayotgan ekologiya huquqini inkor etmaydi. Yer huquqi ekologiya
huquqining ajralmas qismi deb, qaralishi mumkin bo‘lmasada, u yerdan foydalanishni
muhofaza qilish munosabatlaridan ajratib tartibga solmaydi. Chunki,
yerdan
foydalanish va muhofaza qilish bir biri bilan uzviy bog‘langan va ajralmas jarayon
xisoblahadi.
Nazorat uchun savollar:
1. Yer huquqi tushunchasi nima?
2. Yer huquqining me’yorviy tushunchasi nima?
3. Yer huquqi me’yorlari guruxlari nimalardan tashkil topgan?
4. Ta’sir etish kuchi buyicha yer huquqi me’yorlari necha xilga bo‘linadi?
5. Yer huquqining qanday tamoyillari mavjud?
6. Servitut huquqi nimani anglatadi?
7.Yer huquqining boshqa huquq turlari bilan aloqasi nimalarda namoyon bo’ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: