Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Yerga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Yerga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tamoyiliga ko‘ra, yuridik 
va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan barcha huquqlari davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak [2,12]. Yerga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish tamoyili yer uchastkalaridan foydalanishning yagona hisob-kitob tizimini 
yaratadi, yerdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan samarali davlat nazorati olib 
borilishini ta’minlaydi, yerga bo‘lgan huquqni begonalashtirish maqsadlarida sodir 
etiladigan huquqbuzarliklarning oldini oladi, yer uchastkasi va unga nisbatan huquq 
subyektlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlarni tegishli davlat organlarida to‘plashini 
ta’minlaydi. 
Yer uchastkasini saqlash va servitutlarga amal qilish tamoyili. O‘zbekiston yer 
huquqining yangi tamoyili bo‘lib, unga binoan barcha yerdan foydalanuvchilarga yer 
uchastkasini saqlash vazifasi yuklatilishi hamda ularga o‘zganing yer uchastkasidan 
cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) beriladi. Yer huquqining ushbu 


25 
tamoyiliga amal qilishi shartlari yer kodeksining 29-30 moddalarida belgilab 
qo‘yilgan. 
1.3§. Yer huquqi tizimi 
Mustaqil huquq tarmog‘i bo‘lgan yer huquqi me’yorlari mazmun jihatidan 
xilma-xil bo‘lgani uchun ularni ma’lum bir tizimga keltirish juda muhim xisoblanadi. 
Yuridik adabiyotlarda belgilanishicha, yer huquqi tizimi deb, jinslik xususiyatiga 
ega bo‘lgan bir jinsli yer huquqiy munosabatlarini tartibga soluvchi xar biri yer 
huquqiy me’yorlarining guruxlaridan tashkil topgan yer-huquqiy institutlar 
jamlanmasi qabul qilingan [25]. Institutlar va ularga jamlangan me’yorlar esa o‘z 
navbatida yer huquqi tizimining ichki tartibini tashkil etadi. Masalan, yer kadastrini 
yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar 
davlat yer kadastri huquqiy institutini tashkil etadi. Yer huquqi institutlari nisbatan 
mustaqil va barqarordir. Ular bir-biridan farq qiladi va tavsifi bo‘yicha har xil bo‘lgan 
yer munosabatlarini tartibga soladi. 
Yer huquqi institutlari guruxlanganda tartibga soluvchi va muhofaza 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling