Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


qiluvchilarga bo‘linadi. Ular tarkibi bo‘yicha oddiy


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

qiluvchilarga bo‘linadi. Ular tarkibi bo‘yicha oddiy yoki murakkabga bo‘linadi. 
Yuqorida misol keltirilgan yer kadastri instituti oddiy institut bo‘lib hisoblanadi. 
Institutlar va ularga jamlangan normalar esa o‘z navbatida yer huquqi tizimining 
ichki tartibini tashkil etadi. Masalan: 
-yer kadastrini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga 
soluvchi huquqiy normalar to‘plami davlat yer kadastri huquqiy institutini tashkil 
etadi; 
-yer tuzishni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi 
huquqiy normalar yer tuzish huquqiy institutini tashkil etadi. 
Demak oddiy yer – huquqi instituti deganda bir yo‘nalishdagi yer munosabatlarini 
tartibga soluvchi normalar yig‘indisiga tushuniladi. 
Yer huquqi tizimida shunday institutlar borki, ular ikki yoki undan ko‘proq 
institutlarni o‘zida jamlab, murakkab institutni tashkil etadi. Misol qilib yerlarni 
davlat boshqaruvi huquqiy institutini keltirish mumkin. Bu institut yer tuzish, yer 
kadastrini yuritish, yerdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini 


26 
olib borish, yer xususidagi nizolarni xal etish va boshqa shunga o‘xshash institutlarni 
o‘z ichiga oladi. Murakkab institutga yana bir misol sifatida, yerdan foydalanish 
huquqi institutini keltirish mumkin. U o‘z navbatida qishloq xo‘jalik korxonalarining,
noqishloq xo‘jalik korxonalarining va fuqarolarning yerdan foydalanish huquqi 
xamda boshqa institutlarni qamrab oladi. Yer huquqi tizimidagi har bir institut 
boshqa institutlarga nisbatan va yer munosabatlarini tartibga solish ahamiyatiga ko‘ra 
ketma-ket joylashadi. Bundan tashqari yer huquqi umumiy qismini tashkil etadigan 
institutlar umumiy va alohida qismidagilar esa maxsus, ya’ni predmetli institutlar 
deb ataladi. 
Umumiy qism institutlari o‘zidagi me’yorlarda mazkur fan tarmog‘i va qonun 
hujjatlari rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan eng muhim holatlar, qoidalar yoki 
tamoyillarni aks ettiradi. Bu institutlarda jamlangan holatlar, qoidalar va tamoyillar 
yer huquqining maxsus institutlari mazmuni va tarkibi shakllanishiga katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Yer huquqining umumiy qismida: yerga nisbatan mulk huquqi, yer 
uchastkalariga bo‘lgan huquq, davlatning yer munosabatlarini tartibga solishi va 
nazorat qilishi, yer tuzish va yer kadastrini yuritish, yerni huquqiy muhofaza qilish 
hamda yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi oltita institutlar mavjud. 
Alohida qismning institutlari esa umumiy institutlarga nisbatan bo‘ysinuvchi 
vaziyatda bo‘ladi. Ular mazkur huquq tarmog‘ining umumiy holatlari, qoidalari yoki 
tamoyillarini namoyon qilmaydi. Ularning amal qilish doirasi ma’lum ijtimoiy 
munosabatlar bilan cheklangan bo‘ladi. Bu toifadagi institutlarning me’yorlari 
ijtimoiy 
munosabatlar 
qatnashchilarining 
subyektiv 
Yuridik 
huquq 
va 
majburiyatlarini belgilaydi.Yer huquqining alohida qismi yer kodeksining 8- 
moddasida sanab o‘tilgan har bir yer fondi toifalarining huquqiy holatini 
belgilaydigan 8 ta institutdan tashkil topgan. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling