Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Haq to‘lash asosida yerdan foydalanish


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Haq to‘lash asosida yerdan foydalanish tamoyili shuni anglatadiki, barcha 
yerdan foydalanuvchilar, egalik qiluvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o‘zlariga 
qarashli bo‘lgan yer uchastkalaridan foydalanganliklari uchun u yoki bu ko‘rinishda 
haq to‘laydilar. Demak, yerga nisbatan biror bir huquqqa ega bo‘lish va uni amalda 
realizatsiya qilish uchun yer huquqi ishtirokchisi yer kodeksining 28-moddasiga 
binoan haq to‘lashga majbur. Yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq turli xil 


24 
ko‘rinishda bo‘lishi mumkin, masalan: yer solig‘i, ijara haqi, topshirilgan mahsulot 
uchun haq (pudrat shartnomasida), o‘rmon to‘lovi va xokazo. 
Yer huquqining me’yorlari yerlarning holati haqida axborotlardan yerkin 
foydalanish tamoyili asosida amal qiladi. Unga ko‘ra, yer uchastkalarining davlat 
dasturi ko‘rsatkichlari, ya’ni ularning tabiiy, xo‘jalik holati va huquqiy maqomi, 
miqdor va sifat ko‘rsatkichi va boshqa tavsiflari to‘g‘risidagi axborotlar ochiq, to‘liq, 
ishonarli hamda hamma uchun maqbul shaklda xohlovchilarga va foydalanuvchilarga 
berilishi kerak. Yerlarning holati haqida axborot davlat organlari, yuridik va jismoniy 
shaxslarning ayrim turlari uchun tekin, shu bilan bir qatorda ayrim yuridik yoki 
jismoniy shaxslar uchun xaq evaziga bo‘lishi mumkin.
 Yer va uning boyliklaridan kompleks foydalanish tamoyilining ma’nosi 
shundan iboratki, har bir yerdan foydalanuvchi (mulkdor, yer egasi, ijarachi va 
xokazo) o‘ziga berilgan yer uchastkasi tabiiy imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishi
undagi suv, o‘rmon, umumiy tarqalgan foydali qazilmalardan ham imkon darajasida 
yuqori foydalanishi lozim. Bu tamoyil yer kodeksining 50-moddasida o‘z aksini 
topgan. Unga ko‘ra, yer uchastkasi shartnoma asosida ma’lum muddatga haq evaziga 
yuridik va jismoniy shaxslarga ijaraga berilishi mumkin. 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling