Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

Birinchisi, yer huquqi O‘zbekiston huquq tizimining mustaqil huquq tarmog‘I 
hisoblanib, davlat tomonidan o‘rnatilgan va yerga oid munosabatlarni tartibga 
soluvchi huquqiy me’yorlar tizimidir.
Yer huquqida har bir huquq tarmog‘i uchun zarur bo‘lgan belgilar mavjud: a) 
o‘z maxsus predmetiga ega: b) o‘z maxsus huquqiy tartibga solish uslubiga ega; v) 
davlat shu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni alohida tartibga solib turadi; g) alohida 
guruxlangan normativ – huquqiy hujjatlar majmuasiga ega. 
Ikkinchisi, yer huquqi O‘zbekiston huquq fanining bir sohasidir.Yer huquqi 
O‘zbekiston huquq fanining bir soxasi sifatida ilmiy nuqtai nazaridan davlatning yer 
huquqi tushunchalari toifalarini fundamental o‘rganish bo‘yicha siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy va ekologik talablarini ifodalaydi. Bunda yer huquqining predmeti sifatida 
fanga oid ilmiy-nazariy tushunchalar, qarashlar, muammolar va uni rivojlantirish 
masalalari xizmat qiladi. SHu o‘rinda unga fanga tegishli bo‘lgan barcha xususiyatlar 
tegishli bo‘ladi. Ushbu fandagi ilmiy-nazariy tushunchalar, qarashlar, muammolar va 
uni rivojlantirish masalalari bu fanning moxiyatini tashkil etadi. 
Uchinchisi, yer huquqi maxsus o‘quv kursi. Maxsus o‘quv kursi sifatida yer 
huquqi huquqning mustaqil tarmog‘i sifatida, yer huquqining siyosiy, ijtimoiy, 
ekologik muammolarni hal qilishdagi o‘rni, yer qonunchiligining holati va 
rivojlanishi, yer munosabatlarini amaliyotda tartibga solinishi to‘g‘risida ilmiy 
bilimlar tizimi hisoblanadi. Uning o‘quv kursi sifatidagi hajmi, mazmuni va 
maqsadlari turli xil darajadagi o‘quv muassasalari uchun turli xil bo‘lishi mumkin. 
Mustaqil huquq tarmog‘i sifatidagi yer huquqi, huquq fanining bir sohasi bo‘lgan yer 
huquqi va o‘quv kursi sifatidagi yer huquqi bir-biriga o‘xshamaydi va bir birini aynan 
takrorlamaydi. 
O‘zbekiston yer huquqi o‘z tartibga solish predmetiga ega. Yer huquqi tartibga 
soladigan yer munosabatlarining doirasini ham shartli ravishda aniqlash mumkin. Bu 
yer huquqi predmetiga yer bilan bog‘liq hamma munosabatlar kiravyermasligini 
anglash uchun kerak. Yer huquqi yer bilan bog‘liq, lekin iqtisodiy tavsifga ega 
bo‘lmagan, ya’ni foydalanish va muxofaza qilishga aloqador bo‘lmagan 
munosabatlarni tartibga solmaydi. Masalan, yer ma’muriy-hududiy boshqaruv 


19 
munosabatlarida ob’ekt sifatida qatnashayotgan bo‘lsada, bunda u davlat 
xokimiyatining ta’sir doirasi sifatida qaralib, bu soxadagi munosabatlar davlat yoki 
ma’muriy huquq bilan tartibga solinadi. 
Demak, yer huquqining predmeti deb, yer huquqi vazifalariga javob 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling