Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
beradigan, bevosita yerga nisbatan mulkchilik, undan foydalanish, va uni
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
beradigan, bevosita yerga nisbatan mulkchilik, undan foydalanish, va uni
muxofaza qilish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarga (yer munosabatlariga) aytiladi. Yer munosabatlarining doirasi juda keng bo‘lib, faqatgina yer huquqi me’yorlari bilan tartibga solinmaydi. Yer huquqi me’yorlarini ma’muriy huquqbuzarlik tarzida buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarining qo‘llanilishi ma’muriy huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi. Qishloq xo‘jalik koopyerativlari (shirkat xo‘jaliklari), fermer va dehqon xo‘jaliklarining yerdan foydalanish huquqi birgina yer huquqi me’yorlari bilan tartibga solinmasdan, balki agrar huquq me’yorlari bilan ham tartibga solinadi. Shunday qilib, yer huquqi munosabatlari agrar, xo‘jalik, fuqarolik, ma’muriy, moliya va boshqa huquqlar bilan ham tartibga solinadi. Yer huquqi munosabatlarini boshqa huquq me’yorlari bilan tartibga solinganda o‘z tabiati va xususiyatini yo‘qotmaydi. Yer munosabatlarining ob’ekti sifatida davlat yer fondi va yer uchastkalari xizmat qiladi. Bunda yer oddiy tabiat ob’ekti yoki uning bir qismi sifatida emas, balki odamlar tomonidan uning foydali xislatlaridan yoxud maxsulotlaridan foydalanish maqsadlarida ishlab chiqarish jarayoniga tortilgan iqtisodiy toifa, deb qaralishi kerak. Foydalanishga yoki boshqacha tarzda iqtisodiy mexanizmlarga tortilmagan yer, agar davlat yurisdiksiyasida bo‘lsa, uning hududi bo‘lib qolavyeradi. Yer O‘zbekistonda davlat mulk huquqining ob’ekti bo‘lib hisoblansada, ayrim xollarda pul qiymatiga ega bo‘lgan tovar sifatida ham qaralishi mumkin. Yer qonunchiligida yerning ayrim uchastkalari sotilishi, ijaraga berilishi, meros qilib qoldirilishi va garovga qo‘yilishi aks ettirilgan. Yer huquqining va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari Yer kodeksining 1-moddasida ko‘rsatilganidek, hozirgi va kelajak avlodlarning manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni 20 muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muxitni asrash va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, Yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer munosabatlarini tartibga solishdan, shuningdek bu sohada qonuniylikni mustahkamlashdan iborat [2]. Yer munosabatlarining obyekti sifatida umumiy ko’rinishda davlat yer fondi va aniq ko’rinishda esa yer uchastkalari xizmat qiladi. Bunda yerga oddiy tabiat obyekti yoki uning bir qismi sifatida emas, balki odamlar tomonidan uning foydali xislatlaridan yoxud maxsulotlaridan foydalanish maqsadlarida ishlab chiqarish jarayoniga tortilgan iqtisodiy kategoriya, deb qaralishi talab qilinadi. Foydalanishga yoki boshqacha tarzda iqtisodiy mexanizmlarga tortilmagan yer, agar davlat yurisdiksiyasida bo‘lsa, uning hududi bo‘lib qolavyeradi. Yer O‘zbekistonda davlat mulk huquqining obyekti bo‘lib hisoblansada, ayrim xollatlarda pul qiymatiga ega bo‘lgan tovar sifatida ham qaralishi mumkin. Yer qonunchiligida yerning ayrim uchastkalari sotilishi, ijaraga berilishi, meros qilib qoldirilishi va garovga qo‘yilishi aks ettirilgan. Yer munosabatlarining subyektlari sifatida esa aniq yer uchastkasiga nisbatan ma’lum huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar qabul qilinadi. Yer huquqining yerga oid munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling