Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


PhD Hamidov F.R., доцент Uzoqova G. SH.лар томонидан хаммуаллифликда  ёзилган. Дарсликнинг V бобини ёзишда Ш.Адизов қатнашган


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

PhD
Hamidov F.R., доцент Uzoqova G. SH.лар томонидан хаммуаллифликда 
ёзилган. Дарсликнинг V бобини ёзишда Ш.Адизов қатнашган.
 
 
 
2
O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish 
to‘g‘risida”O‘RQ-552-son 13.08.2019 


17 
UMUMIY QISM 
I BOB.YER HUQUQI TUSHUNCHASI 
1.1§. Yer huquqi fanining predmeti va usullari 
Yer tabiat mahsuli sifatida paydo bo‘lgan va inson ongi hamda irodasiga 
bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir. U murakkab moddiy tizim sifatida ifodalanadi 
va yer to‘g‘risidagi tushunchaning turli-tuman mohiyatini o‘z ichiga oladi.
Yerni ishlab chiqarish vositasi, holati to‘g‘risidagi so‘z yuritishdan oldin 
albatta birinchi navbatda, yer to‘g‘risidagi umumiy tushunchaga ega bo‘lmoq zarur. 
Geografik nuqtai nazardan yerning yuzasi sayyora deb tushiniladi. Yer – jamiyat 
boyligining asosi hamda boshlang‘ich manbai, iqtisodiyot tarmoqlarini 
rivojlantirishning asosiy poydevori va qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish 
vositasidir. Shu sababli yerlardan samarali foydalanish muammosi faqat qishloq 
xo‘jaligi uchungina emas, balki xalq xo‘jaligining yerdan foydalanuvchi barcha 
tarmoqlariga to‘la ta’luqlidir. 
Yer va unga bog‘liq munosabatlar har bir davlatda ijtimoiy-iqtisodiy va 
siyosiy voqeliklarning markazida turuvchi masala hisoblanishi yerning ijtimoiy, 
iqtisodiy, siyosiy va huquqiy ahamiyatidan kelib chiqadi. Shu boisdan yangidan 
barpo etilayotgan jamiyat o‘zining iqtisodiy rivojini dastlab yerga nisbatan 
munosabatni o‘rnatishdan boshlashi tarixdan ma’lum. Demakki, siyosiy hokimiyatga 
egalik qilgan ijtimoiy kuchlar yer va uning boyliklariga nisbatan o‘z hokimiyatini 
o‘rnata olmasalar, ular qo‘lga kiritgan bu hokimiyat ildizsiz daraxt misolidir. SHu 
boisdan ham davlat yerni moddiy boyliklar asosi sifatida e’tirof etib, o‘z milliy 
qonunlari bilan tasarruf qiladi. Yer va uning boyliklari milliy yurisdiksiya ta’siriga 
olinganligi yerga nisbatan huquqiy munosabatlar vujudga kelishini talab etadi. Yer 
atrofida vujudga kelgan va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarning 
aksariyat qismini yer huquqi tartibga soladi. 
Yuridik adabiyotlar tahlilidan malumki, yer huquqining uchta tavsiflarda 
tushunchalari bor: 


18 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling