Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
qilinib jamiyatdagi eng muxim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
qilinib jamiyatdagi eng muxim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solishda ularning hududiy xususiyatlarini xisobga oluvchi rasmiy hujjat degan ta’rifni berish mumkin Yer huquqining qonun osti normativ hujjatlari ham murakkab tizimga ega bo‘lib, yerga oid me’yorlar doirasi, qo‘llanilishi tartibi, amal qilish muddati, hamda markaziy va maxsus davlat boshqaruv organlari, maxalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan qabul qilinishi ahamiyatiga ko‘ra quyidagi shakllarda bo‘lishi mumkin: 1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari; 2.Vazirlar Maxkamasining qarorlari; 3.Maxsus vakolatli davlat boshqaruv organlarining normativ hujjatlari (qaror, nizom, yo‘riqnoma, tartib,, standart va boshq.); 4.Maxalliy davlat hokimiyat organlarining normativ hujjatlari. Ushbu tizim tarkibiga kirgan hujjatlarni qabul qilinishi maqsadlari quyidagicha 4 : O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi 4 O‘zbekiston Respublikasining qonuni “Normativ huquqiy hujjatlar tog’risida” 34 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar va qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar tarzida qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar buyruq hamda qarorlar bilan tasdiqlanadi. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida qarorlar shaklida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, shuningdek yuqori turuvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling