Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
§ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yer huquqining asosiy manbasi
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
2.2§ O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yer huquqining asosiy manbasi
sifatida Asosiy qonunimiz O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yer huquqining asosiy manbasi bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida yerga oid munosabatlarni tartibga soluvchi maxsus qoida-talablar ham belgilangan bo‘lib, yer huquqi manbalarining poydevorini tashkil etadi. Konstitutsiyamizning 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklarimizdan oqilona foydalanish bilan bog‘liq yerga oid huquqiy qoida-talablar mustahkamlangandir. Xususan, Konstitutsiyamizning 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muxitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” – deb, mustahkamlangan bo‘lib, atrof tabiiy muxitning asosiy ajralmas qismi hisoblangan yer resurslariga nisbatan fuqarolarning yerga oid majburiyatlarini belgilaydi. “Jamiyatning iqtisodiy negizlari” – deb, nomlangan XII-bobda, respublikamiz hayotining iqtisodiy asoslari, ya’ni mulkchilik masalalari, xo‘jalik yuritish va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari belgilanib, hozirgi paytda bozor munosabatlarini rivojlantirish amalga oshirilayotgan isloxatlarni chuqurlashtirishda ahamiyati beqiyosdir. Konstitutsiyaning 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va xayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir 3 ” deb, ifodalangan bo‘lib, davlatning yerga doir siyosatining asosiy tamoyillarini o‘z ichiga oladi. Asosiy qonunimizning XXI-bobida maxalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy holati belgilangan. Ushbu bobning 100-moddasida maxalliy davlat hokimiyat organlari vakolatlarining asosiy yo‘nalishi sifatida - atrof muxitni muhofaza qilish kabi mas’uliyati e’tirof etilgan bo‘lib, o‘z navbatida viloyat, 3 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T.: “O‘zbekiston”, 2003-yil 55-modda 31 shahar, tuman hokimiyat va boshqaruv organlarining yerlardan oqilana foydalanish va ularni muhofaza qilishdek mas’uliyatni belgilaydi. Konstitutsiyadagi qoida talablar yerga doir huquqiy munosabatlar tizimidagi asosiy tamoyillarni mustahkamlaydi. Ushbu konstitutsiyaviy tamoyillar asosida atrof tabiiy muxitni muhofaza qilish tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va uning ekologik xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan qonun, farmon, qaror, nizomlar kabi normativ–huquqiy hujjatlar qabul qilinadi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling