Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
qiluvchilarga bo‘linadi. Ular tarkibi bo‘yicha oddiy
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
qiluvchilarga bo‘linadi. Ular tarkibi bo‘yicha oddiy yoki murakkabga bo‘linadi.
Yuqorida misol keltirilgan yer kadastri instituti oddiy institut bo‘lib hisoblanadi. Institutlar va ularga jamlangan normalar esa o‘z navbatida yer huquqi tizimining ichki tartibini tashkil etadi. Masalan: -yer kadastrini yuritish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar to‘plami davlat yer kadastri huquqiy institutini tashkil etadi; -yer tuzishni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yer tuzish huquqiy institutini tashkil etadi. Demak oddiy yer – huquqi instituti deganda bir yo‘nalishdagi yer munosabatlarini tartibga soluvchi normalar yig‘indisiga tushuniladi. Yer huquqi tizimida shunday institutlar borki, ular ikki yoki undan ko‘proq institutlarni o‘zida jamlab, murakkab institutni tashkil etadi. Misol qilib yerlarni davlat boshqaruvi huquqiy institutini keltirish mumkin. Bu institut yer tuzish, yer kadastrini yuritish, yerdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini 26 olib borish, yer xususidagi nizolarni xal etish va boshqa shunga o‘xshash institutlarni o‘z ichiga oladi. Murakkab institutga yana bir misol sifatida, yerdan foydalanish huquqi institutini keltirish mumkin. U o‘z navbatida qishloq xo‘jalik korxonalarining, noqishloq xo‘jalik korxonalarining va fuqarolarning yerdan foydalanish huquqi xamda boshqa institutlarni qamrab oladi. Yer huquqi tizimidagi har bir institut boshqa institutlarga nisbatan va yer munosabatlarini tartibga solish ahamiyatiga ko‘ra ketma-ket joylashadi. Bundan tashqari yer huquqi umumiy qismini tashkil etadigan institutlar umumiy va alohida qismidagilar esa maxsus, ya’ni predmetli institutlar deb ataladi. Umumiy qism institutlari o‘zidagi me’yorlarda mazkur fan tarmog‘i va qonun hujjatlari rivojlanishi uchun asos bo‘ladigan eng muhim holatlar, qoidalar yoki tamoyillarni aks ettiradi. Bu institutlarda jamlangan holatlar, qoidalar va tamoyillar yer huquqining maxsus institutlari mazmuni va tarkibi shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yer huquqining umumiy qismida: yerga nisbatan mulk huquqi, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq, davlatning yer munosabatlarini tartibga solishi va nazorat qilishi, yer tuzish va yer kadastrini yuritish, yerni huquqiy muhofaza qilish hamda yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik kabi oltita institutlar mavjud. Alohida qismning institutlari esa umumiy institutlarga nisbatan bo‘ysinuvchi vaziyatda bo‘ladi. Ular mazkur huquq tarmog‘ining umumiy holatlari, qoidalari yoki tamoyillarini namoyon qilmaydi. Ularning amal qilish doirasi ma’lum ijtimoiy munosabatlar bilan cheklangan bo‘ladi. Bu toifadagi institutlarning me’yorlari ijtimoiy munosabatlar qatnashchilarining subyektiv Yuridik huquq va majburiyatlarini belgilaydi.Yer huquqining alohida qismi yer kodeksining 8- moddasida sanab o‘tilgan har bir yer fondi toifalarining huquqiy holatini belgilaydigan 8 ta institutdan tashkil topgan. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling