Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Yer va boshqa tabiiy obyektlarga zarar yetkazilishining oldini olish
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yerga bo‘lgan huquqning xilma-xilligi tamoyili
Yer va boshqa tabiiy obyektlarga zarar yetkazilishining oldini olish tamoyiliga
asoslangan xolda yer huquqining barcha me’yorlari vujudga keladi va amal qiladi. Bu tamoyilga ko‘ra yer va unga aloqador bo‘lgan tabiat obyektlari (suv, o‘rmon, yer osti boyliklari, o‘simliklar va hayvonot dunyosi)ning tabiiy xususiyatlari yer mulk, egalik, foydalanish munosabatlarida bo‘lganida saqlanib qolishi lozim. Yerga nisbatan sodir etiladigan har qanday faoliyatda ham unga kimyoviy, biologik, radioaktiv, ekologik va boshqa mazmundagi zarar yetkazmasligi kerak. Bu tamoyilning muhim jihati shundan iboratki, unga ko‘ra yer huquqi kelib chiqqan zararni bartaraf etishdan ko‘ra, uning oldini olishni ustivor deb joriy etadi. Yerga bo‘lgan huquqning xilma-xilligi tamoyili O‘zbekiston yer huquqining o‘ziga xosligini tavsiflaydigan tamoyil bo‘lib, yerga davlat mulk huquqi mavjudligi sharoitida yerni foydalanish jarayoniga tortishning maqbul shakllari joriy etilganligini ifodalaydi. Bu tamoyil yer uchastkasidan foydalanish xohishi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga keng imkoniyat yaratadi. U yer huquqiy munosabatlarida bozor iqtisodiyoti qonun qoidalarining joriy etilishiga zamin yaratadi, ularni demokratlashtiradi va liberallashtiradi. Bu tamoyilning amal qilishi yerga 23 uchastkalariga bo‘lgan turli xil huquq egalarining huquq va majburiyatlari tengligini ta’minlaydi. Yer kodeksining 18-moddasida yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi doimiy foydalanishdagi hamda meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlari bilan berilgan yerlarda qurilgan bino-inshoot va uy-joylar joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilganda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vujudga kelishi belgilangan. Bundan tashqari, ushbu moddada xorijiy davlatlarning diplomatiya vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlarning yer uchastkalariga mulk huquqi ularga o‘zlari vakolatxona binosi sifatida foydalanayotgan imorat yoki imoratning qismlari, shu jumladan vakolatxona boshlig‘ining qarorgohi ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga, shuningdek mazkur vakolatxonalarning imoratlarini qurish uchun yer uchastkalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olinganda vujudga kelaishi belgilangan.Chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarning - diplomatiya korpusi xodimlarining, O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan matbuot vakillarining, firmalar, kompaniyalar va xalqaro tashkilotlar doimiy vakolatxonalari xodimlarining, chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarda doimiy asosda ishlovchi shaxslarning, shuningdek respublikada doimiy istiqomat qiluvchi va yashash uchun guvohnomasi bo‘lgan shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi ularga uy-joy binolari shu binolar joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olinganda vujudga keladi. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling