17
UMUMIY QISM
I BOB.YER HUQUQI TUSHUNCHASI
1.1§.
Yer huquqi fanining predmeti va usullari
Yer tabiat mahsuli sifatida paydo bo‘lgan va inson ongi hamda irodasiga
bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir. U murakkab moddiy tizim
sifatida ifodalanadi
va yer to‘g‘risidagi tushunchaning turli-tuman mohiyatini o‘z ichiga oladi.
Yerni ishlab chiqarish vositasi, holati to‘g‘risidagi so‘z yuritishdan oldin
albatta birinchi navbatda, yer to‘g‘risidagi umumiy tushunchaga ega bo‘lmoq zarur.
Geografik nuqtai nazardan yerning yuzasi sayyora deb tushiniladi. Yer –
jamiyat
boyligining asosi hamda boshlang‘ich manbai, iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirishning asosiy poydevori va qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab chiqarish
vositasidir. Shu sababli yerlardan samarali foydalanish
muammosi faqat qishloq
xo‘jaligi uchungina emas, balki xalq xo‘jaligining yerdan foydalanuvchi barcha
tarmoqlariga to‘la ta’luqlidir.
Yer va unga bog‘liq munosabatlar har bir davlatda
ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy voqeliklarning markazida turuvchi masala hisoblanishi yerning ijtimoiy,
iqtisodiy, siyosiy va huquqiy ahamiyatidan kelib chiqadi. Shu boisdan yangidan
barpo etilayotgan jamiyat o‘zining iqtisodiy rivojini
dastlab yerga nisbatan
munosabatni o‘rnatishdan boshlashi tarixdan ma’lum. Demakki, siyosiy hokimiyatga
egalik qilgan ijtimoiy kuchlar yer va uning boyliklariga nisbatan o‘z hokimiyatini
o‘rnata olmasalar, ular qo‘lga kiritgan bu hokimiyat ildizsiz daraxt misolidir. SHu
boisdan ham davlat yerni moddiy boyliklar asosi sifatida e’tirof etib, o‘z
milliy
qonunlari bilan tasarruf qiladi. Yer va uning boyliklari milliy yurisdiksiya ta’siriga
olinganligi yerga nisbatan huquqiy munosabatlar vujudga kelishini talab etadi. Yer
atrofida vujudga kelgan va vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarning
aksariyat qismini yer huquqi tartibga soladi.
Yuridik adabiyotlar tahlilidan malumki, yer huquqining
uchta tavsiflarda
tushunchalari bor: