Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


beradigan, bevosita yerga nisbatan mulkchilik, undan foydalanish, va uni


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

beradigan, bevosita yerga nisbatan mulkchilik, undan foydalanish, va uni 
muxofaza qilish jarayonida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarga (yer 
munosabatlariga) aytiladi. 
Yer munosabatlarining doirasi juda keng bo‘lib, faqatgina yer huquqi 
me’yorlari bilan tartibga solinmaydi. Yer huquqi me’yorlarini ma’muriy 
huquqbuzarlik tarzida buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarining 
qo‘llanilishi ma’muriy huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi. Qishloq xo‘jalik 
koopyerativlari (shirkat xo‘jaliklari), fermer va dehqon xo‘jaliklarining yerdan 
foydalanish huquqi birgina yer huquqi me’yorlari bilan tartibga solinmasdan, balki 
agrar huquq me’yorlari bilan ham tartibga solinadi. 
Shunday qilib, yer huquqi munosabatlari agrar, xo‘jalik, fuqarolik, ma’muriy, 
moliya va boshqa huquqlar bilan ham tartibga solinadi. Yer huquqi munosabatlarini 
boshqa huquq me’yorlari bilan tartibga solinganda o‘z tabiati va xususiyatini 
yo‘qotmaydi. Yer munosabatlarining ob’ekti sifatida davlat yer fondi va yer 
uchastkalari xizmat qiladi. Bunda yer oddiy tabiat ob’ekti yoki uning bir qismi 
sifatida emas, balki odamlar tomonidan uning foydali xislatlaridan yoxud 
maxsulotlaridan foydalanish maqsadlarida ishlab chiqarish jarayoniga tortilgan 
iqtisodiy toifa, deb qaralishi kerak. Foydalanishga yoki boshqacha tarzda iqtisodiy 
mexanizmlarga tortilmagan yer, agar davlat yurisdiksiyasida bo‘lsa, uning hududi 
bo‘lib qolavyeradi. Yer O‘zbekistonda davlat mulk huquqining ob’ekti bo‘lib 
hisoblansada, ayrim xollarda pul qiymatiga ega bo‘lgan tovar sifatida ham qaralishi 
mumkin. Yer qonunchiligida yerning ayrim uchastkalari sotilishi, ijaraga berilishi, 
meros qilib qoldirilishi va garovga qo‘yilishi aks ettirilgan. 
Yer huquqining va yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari Yer 
kodeksining 1-moddasida ko‘rsatilganidek, hozirgi va kelajak avlodlarning 
manfaatlarini ko‘zlab yerdan ilmiy asoslangan tarzda, oqilona foydalanish va uni 


20 
muhofaza qilishni, tuproq unumdorligini tiklash va oshirishni, tabiiy muxitni asrash 
va yaxshilashni, xo‘jalik yuritishning barcha shakllarini teng huquqlilik asosida 
rivojlantirish uchun sharoit yaratishni, Yuridik va jismoniy shaxslarning yer 
uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida yer 
munosabatlarini 
tartibga 
solishdan, 
shuningdek 
bu 
sohada 
qonuniylikni 
mustahkamlashdan iborat [2]. 
Yer munosabatlarining obyekti sifatida umumiy ko’rinishda davlat yer fondi va 
aniq ko’rinishda esa yer uchastkalari xizmat qiladi. Bunda yerga oddiy tabiat obyekti 
yoki uning bir qismi sifatida emas, balki odamlar tomonidan uning foydali 
xislatlaridan yoxud maxsulotlaridan foydalanish maqsadlarida ishlab chiqarish 
jarayoniga tortilgan iqtisodiy kategoriya, deb qaralishi talab qilinadi. Foydalanishga 
yoki boshqacha tarzda iqtisodiy mexanizmlarga tortilmagan yer, agar davlat 
yurisdiksiyasida bo‘lsa, uning hududi bo‘lib qolavyeradi. Yer O‘zbekistonda davlat 
mulk huquqining obyekti bo‘lib hisoblansada, ayrim xollatlarda pul qiymatiga ega 
bo‘lgan tovar sifatida ham qaralishi mumkin. Yer qonunchiligida yerning ayrim 
uchastkalari sotilishi, ijaraga berilishi, meros qilib qoldirilishi va garovga qo‘yilishi 
aks ettirilgan. 
Yer munosabatlarining subyektlari sifatida esa aniq yer uchastkasiga nisbatan 
ma’lum huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan yuridik yoki jismoniy shaxslar qabul 
qilinadi. 
Yer huquqining yerga oid munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling