Mexanizatsiyalash muhandislari instituti


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/89
Sana10.10.2023
Hajmi1.34 Mb.
#1697323
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89
Bog'liq
Ер ҳуқуқи darslik

impyerativ va dispozitiv usullari mavjud. Yer huquqining impyerativ usuli yer 
munosabatlari subyektlari doirasini va yer munosabatlarida amalga oshirish mumkin 
bo‘lmagan harakatlarni (taqiq) belgilaydi. Ushbu usulni xaraktyerli jihati shundaki, u 
yer munosabatlarini tartibga solishda tomonlarning yuridik tengligini rad etadi, bunda 
hokimiyat va bo‘ysinish munosabatlari ko‘zda tutiladi. Masalan, yer uchastkasidan 
maqsadli foydalanish qoidalari buzilsa (YK 36 modda) yer uchastkasiga bo‘lgan 
huquq tegishli hokimiyat organlari vakolatlari doirasida bekor qilinadi.Yer 
huquqining dispozitiv usuli esa impyerativdan farqli o’laroq munosabat 
qatnashchilarining tengliligiga asoslanadi. Masalan, ijaraviy munosabatlarning asosi 


21 
xisoblangan shartnomada barcha tomonlarning huquq va majburiyatlari belgilanadi. 
Dispozitiv usulning tavsiya etuvchi, ruxsat beruvchi va yo‘naltiruvchi turlari 
mavjud. 
1.2§. Yer huquqi tamoyillari 
Yer huquqining tamoyillari deganda uning barcha me’yorlari uchun asos 
bo‘ladigan holatlar qabul qilinadi. Bunda yer huquqining umumiy tamoyillari bilan 
yer kodeksining 2-moddasida keltirilgan yer tog’ridagi qonunchilik hujjatlari 
tamoyillarini chalkashtirmaslik zarur. O‘zbekiston yer huquqining umumiy 
tamoyillari 1-rasmda keltirilgan. 
1-rasm.Yer huquqining tamoyillari
1-rasmda keltirilgan yer huquqi tamoyillari quyidagicha mazmunga ega: 
 
Qishloq xo‘jalik uchun mo‘ljallangan (sug‘oriladigan) yerlarni alohida 
muhofaza qilish va qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish tamoyili asosida 
Yer 
huquqining 
tamoyillari 
yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanish 
yer fondini asrash, tuproq sifatini yaxshilash hamda unumdorligini 
oshirish 
qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljalangan yerlarni (sug‘oriladigan yerlarni) 
alohida muhofaza etish va qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish 
yer va boshqa tabiiy obyektlarga zarar yetkazilishining oldini olish 
yerga bo‘lgan huquqning xilma-xilligi 
yer munosabati ishtirokchilarining teng huquqliligi 
xaq to‘lash asosida yerdan foydalanish 
yerlarning holati xaqida axborotlardan erkin foydalanish 
yer va uning boyliklaridan kompleks foydalanish 
yerga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
yer uchastkasini saqlash va servitutlarga amal qilish 


22 
shaklangan me’yorlar ushbu toifa yerlarining maxsus huquqiy maqomini belgilaydi. 
Bunga sabab bu yerlarning miqdor jihatidan cheklangani va mahsulot yetishtiruvchi 
asosiy ishlab chiqarish vositalari bo‘lib xizmat qilishidir. Ushbu yerlarning huquqiy 
maqomi va xo‘jalik holati ustivorlikka ega bo‘lgani uchun alohida qimmatbaxo deb 
qaraladi. Yer kodeksida ularning ustivorlik holatini aks ettiradigan me’yorlar bor. 
Masalan, yer kodeksining 43-moddasi to‘rtinchi qismida bu yerlarni qishloq 
xo‘jaligida o‘zga ehtiyojlar uchun boshqa toifadagi yerlarga o‘tkazishga alohida 
hollarda qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l qo‘yiladi, deyilgan. 44-moddaga asosan 
sug‘oriladigan yerlar alohida muhofaza qilinishi lozim. Bunday yerlarni 
sug‘orilmaydigan yerlar sirasiga o‘tkazish alohida hollarda, tuproq-meliorativ va 
iqtisodiy sharoitlarni hamda yerlarning suv bilan ta’minlanganligi, ulardagi mavjud 
suv resurslarini va bu suvlarga belgilangan limitlarni inobatga olib, O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda viloyat hokimi qaroriga 
binoan amalga oshiriladi 

Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling