Mexanizatsiyalash muhandislari instituti
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Ер ҳуқуқи darslik
Birinchisi, yer huquqi O‘zbekiston huquq tizimining mustaqil huquq tarmog‘I
hisoblanib, davlat tomonidan o‘rnatilgan va yerga oid munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlar tizimidir. Yer huquqida har bir huquq tarmog‘i uchun zarur bo‘lgan belgilar mavjud: a) o‘z maxsus predmetiga ega: b) o‘z maxsus huquqiy tartibga solish uslubiga ega; v) davlat shu sohadagi ijtimoiy munosabatlarni alohida tartibga solib turadi; g) alohida guruxlangan normativ – huquqiy hujjatlar majmuasiga ega. Ikkinchisi, yer huquqi O‘zbekiston huquq fanining bir sohasidir.Yer huquqi O‘zbekiston huquq fanining bir soxasi sifatida ilmiy nuqtai nazaridan davlatning yer huquqi tushunchalari toifalarini fundamental o‘rganish bo‘yicha siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik talablarini ifodalaydi. Bunda yer huquqining predmeti sifatida fanga oid ilmiy-nazariy tushunchalar, qarashlar, muammolar va uni rivojlantirish masalalari xizmat qiladi. SHu o‘rinda unga fanga tegishli bo‘lgan barcha xususiyatlar tegishli bo‘ladi. Ushbu fandagi ilmiy-nazariy tushunchalar, qarashlar, muammolar va uni rivojlantirish masalalari bu fanning moxiyatini tashkil etadi. Uchinchisi, yer huquqi maxsus o‘quv kursi. Maxsus o‘quv kursi sifatida yer huquqi huquqning mustaqil tarmog‘i sifatida, yer huquqining siyosiy, ijtimoiy, ekologik muammolarni hal qilishdagi o‘rni, yer qonunchiligining holati va rivojlanishi, yer munosabatlarini amaliyotda tartibga solinishi to‘g‘risida ilmiy bilimlar tizimi hisoblanadi. Uning o‘quv kursi sifatidagi hajmi, mazmuni va maqsadlari turli xil darajadagi o‘quv muassasalari uchun turli xil bo‘lishi mumkin. Mustaqil huquq tarmog‘i sifatidagi yer huquqi, huquq fanining bir sohasi bo‘lgan yer huquqi va o‘quv kursi sifatidagi yer huquqi bir-biriga o‘xshamaydi va bir birini aynan takrorlamaydi. O‘zbekiston yer huquqi o‘z tartibga solish predmetiga ega. Yer huquqi tartibga soladigan yer munosabatlarining doirasini ham shartli ravishda aniqlash mumkin. Bu yer huquqi predmetiga yer bilan bog‘liq hamma munosabatlar kiravyermasligini anglash uchun kerak. Yer huquqi yer bilan bog‘liq, lekin iqtisodiy tavsifga ega bo‘lmagan, ya’ni foydalanish va muxofaza qilishga aloqador bo‘lmagan munosabatlarni tartibga solmaydi. Masalan, yer ma’muriy-hududiy boshqaruv 19 munosabatlarida ob’ekt sifatida qatnashayotgan bo‘lsada, bunda u davlat xokimiyatining ta’sir doirasi sifatida qaralib, bu soxadagi munosabatlar davlat yoki ma’muriy huquq bilan tartibga solinadi. Demak, yer huquqining predmeti deb, yer huquqi vazifalariga javob Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling